So’nggi yangiliklar

01:45"Сабаҳ" ва Умарали Раҳмоналиев Европа лигаси саралашида муваффақиятсизликка учради  0 01:22"Галатасарой" Осимхенни сотиб олишга яқин турибди  1 00:54Кристиан Вьери: "Челси" АПЛ ғолиби бўлади"  1 00:31Шайхлар Винисиусни "нишонга олди" ва рекорд сумма тўлашга тайёр  5 00:13"Интер"нинг Лукман учун таклифи "Аталанта"га маъқул келмади  0 23:43"Бунёдкор" назорат ўйинида "Абдиш Ата" билан дуранг қайд этди  0 23:15"Истанбул Башакшеҳир" назорат ўйинида ғалаба қозонди, Элдор Шомуродовдан ассист  3 22:47"Сурхон" Дмитрий Плетнёвнинг кетганини эълон қилди  3 22:24"Манчестер Сити" рекорд трансферни эълон қилди  6 22:04"Реал"да зиддият: Перес ва Алонсо ўртасидаги илк қарама-қаршиликлар юзага чиқди   9 21:26Консейсаунинг "Ювентус"даги келажаги аниқ бўлди  1 21:05"Реал" Алабадан қутулмоқчи  2 20:53"Айнтрахт" Экитикени "Ливерпуль" таклиф қилган суммага сотмади  3 20:40Пол Мерсон Мадуэкенинг "Арсенал"га ўтишини бемаънилик деб баҳолади  1 20:13Ироқлик футболчи мухлислар билан хайрлашди ва Тошкент томон йўлга чиқди  3

Ilhom SHaripov: "Imkoniyat bor ekan, oxirigacha kurashamiz" Yangiliklar

Ilhom SHaripov: "Imkoniyat bor ekan, oxirigacha kurashamiz"

O'zbekiston Futbol Federaciyasining dushanba kuni elon qilgan qarori ayniqsa, ligada qolish uchun kurash olib borayotgan Oliy Liga klublari murabbiylarining ham hayratiga sabab bo'ldi.

Bu borada Dinamo klubi bosh menejeri Ilhom SHaripovning ham fikrini bilishga qiziqdik.

2018 yilda Oliy Ligada 12 jamoa qoldirilishi borasidagi qaror biz uchun ham kutilmagan qaror bo'ldi. Bunga qarshi emasmiz, ammo qaror 2018 yilgi mavsumdan kuchga kirsa, maqsadga muvofiq bo'lardi. Oliy Liga yakunlanishiga to'rt tur qolganida elon qilingani bir qator klublar singari bizlarni ham qiyin vaziyatga tushirdi. Sababi biz O'FF Reglamenti asosida ish yuritayotgandik. Qolaversa, birdaniga to'rt jamoaning ligadan olib tashlanishi o'sha viloyat, shaharlar sharafini himoya qilayotgan hududni katta futbolsiz qoldirishi mumkin.

SHunga qaramay, hozirda ham ligada qolish uchun imkoniyatimiz bor ekan, oxirigacha kurash olib boramiz. Ko'rib turibsiz, futbolchilarimiz ham vaziyatni tushungan holda katta ishtiyoq bilan mashg'ulotlarda ishtirok etishmoqda. Klub taqdiriga befarq bo'lmagan muxlislar hattoki mashg'ulotlarimizni ham kuzatishga kelishadi. Samarqandlik minglab muxlislar uchun ham Dinamoni Oliy Ligada olib qolish uchun bor kuch va g'ayratimizni ishga solamiz - deydi Ilhom SHaripov.

Malumot uchun, ayni damda Dinamo 29 ochko bilan Oliy Ligada 12-o'rinda bormoqda. Ligada qolish imkoniyatini beruvchi 11-o'rinda esa 30 ochko bilan Qizilqum joy olgan.

Dinamoning qolgan turlardagi o'yinlari:

Oliy Liga. 27-tur

4 noyabr (shanba). Navoiy.


QIZILQUM - DINAMO

Oliy Liga. 28-tur

8 noyabr (chorshanba). Samarqand


DINAMO - NEFTCHI

Oliy Liga. 29-tur.

19 noyabr (yakshanba). Samarqand


DINAMO - LOKOMOTIV

Oliy Liga. 30-tur.

25 noyabr (shanba). Muborak.


MASH'AL - DINAMO.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика