So’nggi yangiliklar

16:08Ўзбекистон қизиқиш билдирган мураббийга энди Чехия ҳам даъвогар  2 15:48АПЛда август ойининг энг яхши футболчиси маълум  1 15:30"Машъал" ўз уйида меҳмон бўлган "Шўртан"ни ютган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:09"Монако" бош мураббийи Погба қачон майдонга тушишга тайёр бўлишини айтди  1 14:40"Ювентус" ҳужум чизиғини нигериялик тўпурар билан кучайтирмоқчи  0 14:11"Бургос" билан музокаралардан қочган Очоа Кипр жамоасига ўтди  0 13:42Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди  1 13:14"Реал" ёки Аргентина? Мастантуоно олдида қийин танлов  2 12:48Дембеле "Олтин тўп"нинг муқобилини қўлга киритди  3 12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  4 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  1 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  5 10:44"Сурхон" Наманганда нечта ғалабага эришганини биласизми?   7 10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  2

Ilhom Mo'minjonov: "PFL oldidagi qarzlardan to'liq qutuldik" Yangiliklar

Ilhom Mo'minjonov: "PFL oldidagi qarzlardan to'liq qutuldik"

Teglar :  NavbahorPFL
"Navbahor" bosh murabbiyi Ilhom Mo'minjonov klubdagi vaziyat borasida saytimizga malumot berdi.

Xabaringiz bor, 10 avgust kuni PFL o'z rasmiy saytida Superliganing oltita klubida badal puli, jarimalar va legionerlar uchun to'lanadigan puldan qarzdorlik borligi haqida xabar bergandi. Qarzi bor klublar orasida "Navbahor" ham keltirib o'tilgandi.

Bugun ushbu jamoa bosh murabbiyi Ilhom Mo'minjonov biz bilan aloqaga chiqib, PFL oldida klubning qarzi qolmaganini malum qildi.

"SHuni mamnuniyat bilan ayta olamanki, bugun barcha qarzlardan qutuldik, - deydi "lochinlar" ustozi. - Bundan barchamiz xursandmiz. Qarzlardan to'liq qutulish birmuncha uzoq davom etdi, yani olti oyga yaqin. Lekin bu orada PFL bizni ko'p ham siquvga olmadi, tashkilotdagilar klubimizning moliyaviy holatini tushunishga harakat qilishdi. Buning uchun PFL rahbariyatiga minnatdorchilik bildiraman".

Xabaringiz bor, "Navbahor" o'tgan tur o'z maydonida "Buxoro"ni 2:0 hisobida mag'lub etdi. Uchrashuvning oxirgi 10 daqiqasida "Navbahor"ning uch futbolchisi atayin sariq kartochka oldi. Natijada PFL futbolchilarning xatti-harakatini o'rganib chiqqan holda klubni hamda o'sha futbolchilarni jazolashga qaror qildi.

Ilhom Mo'minjonov bu voqeaga ham munosabat bildirdi: - "Albatta, o'sha kuni juda xunuk ish bo'ldi. Men futbolchilarimni oqlay olmayman. PFLning qarorini esa hurmat qilishimiz lozim. Bunday holat jamoamiz bilan boshqa takrorlanmasligiga va futbolchilar bilan tarbiyaviy ishlar olib borishimizga vada beraman".

Reyting: +61   
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика