So’nggi yangiliklar

22:47“Динамо“га қарши учрашувдан сўнг мезбонлар устози қисқа фикр билдирди  1 22:28"Навоий ФА" бош мураббийи Даврон Турсунов: "ОКМКнинг энг зўр спорт формадаги пайтига тўғри келиб қолдик"   3 22:09Марат Мифтахутдинов: “Абрамов касал бўлиб қолгани сабабли Андижонга кела олмади“  1 21:38Миржалол Қосимов: "Охирги тур олдидан ҳеч нарса маълум эмас эди. Шу сабабли деярли асосий таркибни майдонга туширдик"  6 21:24Амалдаги чемпион ва кубок соҳиби Ўзбекистон кубоги гуруҳ босқичида қолиб кетди  33 21:02Ўзбекистон Кубоги. "Насаф" "Пахтакор"га мағлуб бўлиб, гуруҳда қолиб кетди. "Лочин" бу сафар "Сурхон"ни мағлуб этиб, кейинги босқичга йўл олди  185 19:57"Рома" асосий футболчиси билан шартномани узайтиришга уриниб кўради  2 19:33​Санчодан уятли кўрсаткич  0 19:10Расман: Максим Шацких – "Андижон" бош мураббийи, Виталий Шпанюк – жамоанинг жисмоний тайёргарлик бўйича мураббийи  30 18:53Футзал бўйича Ўзбекистон Кубоги. "Оил Стар" ва БМБ финалда тўқнаш келадиган бўлди  1 17:37"ЎзСҚБ кўплаб вазиятлар яратди, бизнинг йигитлар туриб бера олишди" — Рустам Умаров  1 17:16"Арсенал" АПЛ юлдузи билан шартнома имзоламоқчи  0 16:30Ўзбекистон Кубоги. 3-тур дисквалификациялари: ОКМК, "Сурхон" ва "Шўртан" 1 нафардан йўқотишга эга  0 16:15"Манчестер Сити" ва Абдуқодир Ҳусанов 2025/26 йилги мавсум учун уй либосини тақдим этди  19 15:58Ўзбекистон Кубогида нима гап?  8

Ilhom Mo'minjonov: "Hozirda jami 10 nafar futbolchimiz jarohat olgan" Yangiliklar

Ilhom Mo'minjonov: "Hozirda jami 10 nafar futbolchimiz jarohat olgan"

Superliganing 6-turidan o'rin olgan "Dinamo" – "Neftchi" (1:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Ilhom Mo'minjonov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida

- Bugun jangovor o'yin bo'ldi. Durang adolatli natija deb hisoblayman. Birinchi bo'limda golga qadar 2 ta imkoniyat yuzaga keldi, keyinroq qarshi hujumda bir nechta imkoniyatlar bo'ldi, foydalana olmadik. Ikkinchi bo'limda xavfli vaziyatlarimiz soni kamaydi. 

Markaziy himoyachimiz - Stoykovich qattiq jarohat oldi, hozirda uning qanday ekanini bilmaymiz. 

Endi keyingi o'yinlarga tayyorgarlik ko'rishga kirishamiz.

- Jamoa 4 ta turdan so'ng yana ochko qo'lga kiritdi. Bu natijani klubdagi ijobiy o'zgarishlar natijasi deb hisoblasak bo'ladimi?

- O'zingiz guvoh bo'ldingiz, mavsumni yaxshi boshlagandik. SHundan so'ng ketma-ket 4 o'yinda mag'lub bo'ldik. 6-turga kelib ochko oldik. Yigitlarga g'alaba zarur edi, buni o'zlari ham his qilib turishibdi. 

Bizda jarohatlanganlar ko'p, barchasini hozir nomma nom ayta olmayman. 

4 kundan so'ng navbatdagi tur o'yinida maydonga tushamiz. "Neftchi"ga bunday o'rinlar yarashmaydi, ko'proq ochko jamg'arishimiz zarur. Rahbariyat oldimizga yuqori o'rinlarni olish vazifasini qo'ygan. Nasib bo'lsa, navbatdagi tur uchrashuvlarida ochkolar jamg'arishda davom etamiz. Endi xato qilishga haqqimiz yo'q.

- Birinchi taymda haqiqiy "Neftchi"ni ko'rgandik, ikkinchi taymda esa jamoaga bir oz barqarorlik etishmadi. Bu charchoq bilan bog'liq xolatmi?

- Ikkinchi bo'limda o'yinimiz bir oz chiqmadi, birinchi bo'limga nisbatan olganda xavfli vaziyatlarimiz soni kam bo'ldi. Biroq jangovor o'yin ko'rdik deb o'ylayman. Jarohatlar, kartochkalar bizning natijalarga o'z tasirini ko'rsatmasdan qolmayapti. 

- Jamoada asabiylik kuzatilmoqda, bu nima bilan bog'liq?

- Bu – futbol, o'xshamay qolgan joylarda yigitlar asabiylashishyapti. To'p uzatishlardagi noaniqliklar bunga sabab bo'lmoqda. 

- Yo'qotishlar tufayli qaydnomada bo'sh joylar bor. Tavakkal qilib, yoshlarni maydonga tushirib ko'rilsa bo'lmaydimi?

- Bu tarkibga 4 nafar yosh futbolchini jalb qildik. Zaxirada qolib ketishdi, ularni natijadan kelib chiqib o'yin oxirida tushirmoqchi edik. Biroq o'yin tempi bunga yo'l bermadi. 

"Lokomotiv" bilan o'yinga yosh futbolchilarni ham jalb etamiz, chunki bizda hozir jiddiy yo'qotishlar mavjud. Bugungisi bilan jami 10 nafar futbolchimizda jarohat bor. 6-7 nafar yosh futbolchi biz bilan birga mashg'ulotlarda ishtirok etishmoqda. 

- Jamoaning ketma-ket mag'lubiyatlari, bugungi uchrashuvdagi durang natija sizning jamoadagi faoliyatingizga tasir ko'rsatmaydimi?

- Endi durang ham tasir qiladi, albatta. Ayniqsa, mag'lubiyat bunga jiddiy tasir qilardi. Buni yigitlar ham yaxshi bilishardi. Men ularga bu haqda aytmasam ham o'zlari his qilib turishgandi. Rahbariyat oldimizga jiddiy vazifalarni qo'ygan, ularning oldida ham uyatli xolatdamiz. Muxlislarimizdan, Farg'ona ahlidan uzr so'raymiz. Nasib bo'lsa, keyingi o'yinlarda ham ochkolar jamg'aramiz.

- Bundan kelib chiqsak, keyingi o'yinlarda ham rahbariyatning sizga bo'lgan ishonchini his qilyapsizmi?

- Xuddi shunday.

Reyting: -5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика