So’nggi yangiliklar

01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  1 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  1 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  16 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  0 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  0 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  0 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  2 22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0 21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  1 21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  22 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  4 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  3

Ilhom Komilov: "Birinchi bor derbida o'ynadim" Yangiliklar

Ilhom Komilov: "Birinchi bor derbida o'ynadim"

Oliy liga 19-tur doirasidagi Andijon - Qo'qon-1912 jamoalari o'rtasida bo'lib o'tgan uchrashuvdan so'ng qo'qonliklar himoyachisi Ilhom Komilovni suhbatga tortdik.

-Ilhomjon g'alaba muborak.
Rahmat. Bugun biz o'zimiz uchun judayam muhim bo'lgan g'alabani qo'lga kiritdik. O'yin og'ir bo'ldi, ayniqsa oxirgi daqiqalar hayajonli bo'ldi. Bugun bizda g'alabaga bo'lgan ishonch va shijoat  ko'proq bo'ldi shuning uchun g'alaba biz tomonda bo'ldi.

- Siz oldin ham derbilarda ishtirok etganmisiz?
Yo'q bu mani ilk derbidagi o'yinim va ilk o'yindagi g'alabadan juda ham xursandman. Vodiy derbilari haqida yigitlardan eshitardim. Haqiqatan xam derbi murosasiz va shiddatli bo'ldi.

-Bu o'yinda  Andijon jamoasining qaysi o'yinchisiga qarshi o'ynash qiyin bo'ldi?
Bugun andijonliklarning har bir o'yinchisiga qarshi oson bo'lmadi. Lekin baribir tajribali Anvar Berdiev o'yin oxirigacha bizni tahlikada ushlab turdi.

-Siz qo'qonliklar tarkibiga ikkinchi davrada qo'shildingiz. Himoya chizig'idagi raqobat sizni cho'chitmaydimi?
Albatta jamoamizda yaxshi tajribaga ega futbolchilar yig'ilgan. Raqobat bor joyda o'sish bo'ladi, jamoaning asosiy tarkibida mustahkam o'rin olishga harakat qilaman.

- Oldinda Olmaliq va Mashal jamoalari bilan uydagi  o'yinlar kutib turibdi. Siz bu o'yinlardan qanday natija kutmoqdasiz?
Uydagi o'yinlarda devorlar ham erdam beradi degan gap bor. Biz o'z muxlislarimiz oldida har qanday raqibga munosib qarshilik ko'rsatamiz. Qo'qonda ajoyib muxlislar bor ularning qo'llab quvvatlashlari futbolchilarga yanada kuch-g'ayrat baxshida qiladi. SHuning uchun biz  uydagi uyinlarda muxlislarni g'alaba bilan xursand qilishga  qo'ldan kelgancha harakat qilamiz.

Akramjon Mamadaliev suhbatlashdi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика