So’nggi yangiliklar

08:56Аморим: "Рим Папаси ҳам мени қароримни ўзгартиришга мажбур қила олмайди"  3 08:28Опта. EЧЛда чемпионлик учун асосий даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  7 08:00Легионерлар. Ўрунов жамоаси дуранг ўйнади. Мозговойнинг жамоаси эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 07:33Суперлига. Бугун Фарғонада тур ўйини бўлиб ўтади  9 06:40Суперлига. "Шўртан" – "Пахтакор" 0:0  1 01:50Рубен Аморим: "МЮдаги босим бошқа клублардагидан ҳам кўп"  6 01:07Саудия Арабистони. Марказий ўйинда "Ал Аҳли"дан суперкамбэк!  9 00:51Микель Артета "Манчестер Сити"га қарши ўйин ҳақида: "Арсенал" ўз даражасига баҳо бериши мумкин"  2 00:30Жером Боатенг фаолиятини якунлади  2 00:13"Реал"нинг учинчи аппеляцияси ҳам рад қилинди  5 23:57Миржалол Қосимов: "Туғилган кунимга энг яхши совға бўлди"  0 23:29ЕЧЛнинг 1-тур рамзий термаси эълон қилинди  9 23:04Илёс Зейтуллаев: "Бундай ўйинлар кўпроқ дарс беради"  3 22:45Суперлига. ОКМК — “Бунёдкор” 5:1  0 22:14"Барселона" ПСЖ билан ўйинни қайси стадионда ўтказиши маълум  1

Igor SHkvirin: "Ikki ochko yo'qotdik" Yangiliklar

Igor SHkvirin: "Ikki ochko yo'qotdik"

"Paxtakor" - "Olmaliq" (1:1) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanida Igor SHkvirin ishtirok etdi.
"O'yin yaxshi bo'ldi. Uchrashuvda ikkita gol urildi. Jamoamiz o'yin oldidan bergan ko'rsatmalarimni yaxshi amalga oshirishdi. Bahs so'nggida keraksiz golni o'tkazib yubordik. O'ylashicha, jamoamiz bugun durang emas, g'alabaga haqli edi. Bugun shogirdlarim raqibdan kuchli o'ynashdi va "Paxtakor"ni o'yin jihatidan dog'da qoldirdik. Lekin bugun g'alabani qo'ldan chiqarganimiz biroz ranjitdi. Bugun ikki ochko yo'qotdik", - deya o'z fikrlarini bildirdi Igor SHkvirin.

- Zaxira futbolchilaridan juda kech foydalandingiz?
- Menimcha hamma o'zgarishlar vaqtida amalga oshirildi.

- Sahob Jo'raev himoyachi bo'lishiga qaramasdan ko'p o'z texnikaidan foydalanadi va futbolchilarni aldashga kirishib ketadi. Natijada esa to'pni yo'qotib raqib hujumini boshlab beradi. Bu borada Sahobni ogohlantirmadingizmi?
- Uchrashuvdan oldin ham, tanaffusda ham Jo'raevga bu borada aytgandim. To'pni o'z jarima maydonchamiz oldida o'zida saqlamas kerakligini takidlagandim. Lekin himoyachi birinchi bo'limda baribir xato qildi.

- Uchrashuv qiziqarli kechmadi. Jamoalar bugun juda sekin o'ynashdi?

- "Paxtakor"ning o'yinida kichik inqiroz yuzaga kelgandek. Mavsum boshini inobatga olganda, uchrashuv yomon kechmadi. Birinchi bo'limda uchta gol kiritishimiz mumkin edi. Biroq futbolchilar yuzaga kelgan vaziyatlardan unumli foydalana  olishmadi.

- Yoshlar tarkibidan ham asosiy jamoaga o'tgan futbolchilar bormi?

- Jamoamiz akadeyamisi o'tgan yillar mobaynida noto'g'ri faoliyat yuritgandi va shu bois so'nggi paytlarda yoshlar tarkibidan asosiy jamoaga futbolchilar olmadik. Bu borada ish olib borilmoqda va yaqin orada "Olmaliq" akademiyasidan ham iqtidorli yoshlar etishib chiqadi deb umid qilamiz.

- Jamoadagi legionerlar xususida gapirib o'tsangiz?
- Legiogerlar haqida gapiradigan bo'lsam, oldingi chiziqda Nemanya Yovanovich o'ynadi. Himoyada Gogol o'ynamoqda. Bu futbolchini yaxshi bilasizlar. O'rtada Kashkaval bor. Ularning o'yini haqida mavsumdagi ilk o'yindan keyin aniq bir gap aytish qiyin. CHempionat hali oldinda va ular o'zlarini ko'rsatishadi deb umid qilaman.

SHahboz Beg'amov
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика