So’nggi yangiliklar

02:09Мутолаа учун. Шомуродов ўйнаётган "Рома" очко йўқотди: А Сериянинг 7-тур якунлари  1 00:45Италия Суперкубоги Саудия Арабистонида ўтказилади. Тақвим маълум  0 00:15Уэйн Руни Англия терма жамоасининг энг яхши ўйинчиси кимлигини айтди  3 23:28Ўзбекистон терма жамоаси Эронга қарши ўйинга тайёргарлик кўрмоқда. Элдор Шомуродов билан кичик интервью  0 22:46Андрес Иньеста 2010 йилги "Олтин тўп" ҳақида гапирди  10 22:05Ҳарри Магуайр бир неча ҳафтага сафдан чиқди  0 21:29Серхио Агуэро "Барселона"ни судга берди  6 21:03Асрор Алиқулов: "Қўқон-1912"га қарши дуранг унчалик ҳам ёмон натижа эмас"  1 20:38Шомуродов, Ўрунов, Юсупов, Файзуллаев ва Ҳусанов ҳам машғулотларга киришди ГАЛЕРЕЯ  30 20:11Мбаппе – "Реал"нинг сентябрдаги энг яхши футболчиси  3 19:33Гравенберх: "Слот ўз кучимга ишонишимга ёрдам бермоқда"  0 19:03Элдор Шомуродов: "Эронга қарши ўйин, Қирғизистонга қарши баҳсдан осонроқ бўлади"  30 18:31ПРО-Лига. "Қўқон-1912"га қарши баҳсда "Машъал" сўнгги дақиқаларда мағлубиятдан қутулиб қолди  8 17:53Эдер Милитао яна жароҳат олди  4 17:24"Барселона" эътиборини "Лилль" ҳимоячисига қаратди  3

“Iftixor” - “Lokomotiv BFK”. O'yinning eng yaxshi futbolchilari qanday fikrda? Yangiliklar

“Iftixor” - “Lokomotiv BFK”. O'yinning eng yaxshi futbolchilari qanday fikrda?

PRO-liganing 6-turidan o'rin olgan “Iftixor” - “Lokomotiv BFK” (1:0) uchrashuvidan keyin ikkala jamoa safida eng yaxshi o'yinchi deb topilganlar “Championat.asia” saytiga intervyu berdi.

Mehmonlar safida darvozabon Ulug'bek Abdumalikov, mezbonlar safida Akmal Xolmatov eng yaxshi deb tan olindi.

Dastlab "Lokomotiv-BFK" darvozaboni bilan suhbatlashdik.

- Ulug'bek, avvalo bugungi uchrashuvda jamoaingizning eng yaxshi futbolchisi deb topilganligiz bilan tabriklaymiz. Bugun “Lokomotiv-BFK”  uchun og'ir o'yin bo'ldi, jamoa himoyaviy o'yin ko'rsatdi. Bugungi bahs haqidagi fikrlaringiz...
- Uchrashuv haqiqatdan ham qiyin bo'ldi. Jamoamiz asosan yosh futbolchilardan iborat. “Iftixor” jamoasi PRO-Liga debyutanti bo'lsada, jamoa safida tajribali futbolchilar bor. Biz qiyin o'yin bo'lishini bilardik, uchrashuvga jiddiy hozirlik ko'rgan edik, lekin baribir o'yin yakunida gol o'tkazib yubordik. Keyingi o'yinlarga jiddiy tayyorgarlik ko'ramiz.

- "Lokomotiv-BFK"ga kelishingiz haqida gapirib o'tsangiz...
- "Lokomotiv-BFK" jamoasiga kirib kelishim avvalo birinchi navbatda qilgan mehnatlarim samarasi deb o'ylayman. Jamoaga kelishim oson bo'lgani yo'q, bilasizlar futbolchi har qanday holatda, har qanday ob-havoda maydonga tushadi. Bu jamoaga kirib kelishimgacha shu kabi qiyinchiliklar boshimdan o'tgan. Men baxtiyorman, menga ishongan ota-onam do'stlarim, murabbiylarim, jamoadoshlarimni barchasiga rahmat. Kelajakda o'z o'yinimni yanada kuchaytirib, jamoam g'alabalariga o'z hissamni qo'shishga harakat qilaman.  


So'ngra "Iftixor" safidagi tajribali yarim himoyachi Akmal Xolmatovning fikrlari bilan qiziqdik.

- Akmal aka, avvalo bugungi uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topilganligingiz bilan tabriklaymiz. Bugun qiyin o'yin bo'ldi, jamoa ketma-ket hujumlar uyushtirib yakunda faqat bitta gol urdinglar. Uchrashuv haqidagi fikrlaringiz...
- Bugun o'yin qiyin o'tdi, “Lokomotiv-BFK”  yaxshi shakllangan jamoa ekan. Lekin yakunda baribir qiyin bo'lsada g'alaba qozondik. G'alaba bu qanday hisobda bo'lmasin, baribir g'alaba. Qiyin g'alabaga erishdik, birinchi navbatda muxlislar uchun xursandman. Biz bugungi bahsda o'z oldimizga qo'yilgan vazifani uddaladik deb o'ylaymiz.  

- O'tkazilgan o'yinlar shuni ko'rsatmoqdaki, Akmal Xolmatovning ikkinchi yoshligi qaytgandek. Biz Akmal Xolmatovdan kelajakda nimalar kutishimiz mumkin?
- Bundan ham yaxshi o'ynashim kerakmi? (kuladi) Futbol muxlislar uchun o'ynaladi. Muxlislar talab qilsa mayli, bundan ham yaxshiroq o'ynashga harakat qilaman. Menga bahoni birinchi o'rinda muxlislar, murabbiylar, va sizlar-jurnalistlar berasizlar, man qo'limdan kelganicha harakat qilaman, kim menga ishonsa, ishonchini oqlayman degan umiddaman. Bugungi g'alaba faqat meniki emas, butun jamoaniki. Bugun butun jamoa yaxshi o'yin ko'rsatdi.  


Bekzod Tolibov yozib oldi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика