So’nggi yangiliklar

01:45"Сабаҳ" ва Умарали Раҳмоналиев Европа лигаси саралашида муваффақиятсизликка учради  0 01:22"Галатасарой" Осимхенни сотиб олишга яқин турибди  1 00:54Кристиан Вьери: "Челси" АПЛ ғолиби бўлади"  1 00:31Шайхлар Винисиусни "нишонга олди" ва рекорд сумма тўлашга тайёр  5 00:13"Интер"нинг Лукман учун таклифи "Аталанта"га маъқул келмади  0 23:43"Бунёдкор" назорат ўйинида "Абдиш Ата" билан дуранг қайд этди  0 23:15"Истанбул Башакшеҳир" назорат ўйинида ғалаба қозонди, Элдор Шомуродовдан ассист  3 22:47"Сурхон" Дмитрий Плетнёвнинг кетганини эълон қилди  3 22:24"Манчестер Сити" рекорд трансферни эълон қилди  6 22:04"Реал"да зиддият: Перес ва Алонсо ўртасидаги илк қарама-қаршиликлар юзага чиқди   9 21:26Консейсаунинг "Ювентус"даги келажаги аниқ бўлди  1 21:05"Реал" Алабадан қутулмоқчи  2 20:53"Айнтрахт" Экитикени "Ливерпуль" таклиф қилган суммага сотмади  3 20:40Пол Мерсон Мадуэкенинг "Арсенал"га ўтишини бемаънилик деб баҳолади  1 20:13Ироқлик футболчи мухлислар билан хайрлашди ва Тошкент томон йўлга чиқди  3

Ichki ishlar vazirligi OAV va internetni tun-u kun monitoring qiladi Yangiliklar

Ichki ishlar vazirligi OAV va internetni tun-u kun monitoring qiladi

Vazirlar Mahkamasi Ichki ishlar vazirligining matbuot xizmati faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida qaror imzoladi.

Bu haqda "Daryo" "UzDaily"ga asoslanib xabar bermoqda.

Hujatga muvofiq, O'zbekiston IIV tuzilmasida O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tashkiliy-inspektorlik va axborot-tahlil bosh boshqarmasi ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilish xizmati; Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari Tashkiliy-inspektorlik va axborot-tahlil bosh boshqarmalari matbuot guruhlari negizida matbuot xizmati tashkil etiladi.

Matbuot xizmati tizimida O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi tuziladi. Ushbu boshqarma boshlig'i lavozimiga ko'ra, bir vaqtning o'zida O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining matbuot kotibi hisoblanadi.

Matbuot xizmati tizimiga O'zbekiston Respubliki Ichki ishlar vazirligining Postda - Na postu gazetalari va Qalqon - SHit jurnallari birlashgan tahririyati kiradi.

Qarorda takidlanishicha, IIV matbuot xizmati ommaviy axborot vositalari va butunjahon Internet axborot tarmog'i materiallarini tun-u kun monitoring va tahlil qilishni taminlaydi, noto'g'ri xabar yoki ichki ishlar organlari obro'siga putur etkazuvchi materiallarga zudlik bilan munosabat bildiradi.

2017 yil 1 dekabrgacha bo'lgan muddatda jamoatchilik muhokamasiga sabab bo'lgan jinoyat va voqealarni o'z vaqtida va ishonchli yoritish tartibini tasdiqlanadi, shu jumladan, ichki ishlar organlarining mazkur masalalar bo'yicha vakolatli masul xodimlarining efirga chiqishlari tashkil etiladi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика