So’nggi yangiliklar

01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  1 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  1 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  16 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  1 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  0 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  0 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  2 22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0 21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  1 21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  22 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  4 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  3

Husniddin Nishonov: "Erondan revansh olish uchun yana imkoniyatimiz bo'ladi" Yangiliklar

Husniddin Nishonov: "Erondan revansh olish uchun yana imkoniyatimiz bo'ladi"

So'nggi 10 yillikda O'zbekiston futzal terma jamoasini xalqaro arenalarda muntazam ravishda sovrindorlar safidan joy olishi odatiy holga aylandi.

Lekin har bir musobaqaning o'ziga yarasha qadri, zavqi bor. Xususan, bu safargi qita turnirida vakillarimiz iroda ko'rsata olishini, Eron kabi kuchli raqibdan qo'rqmasdan o'ynashini isbotlashdi. Terma jamoa azosi Husniddin Nishonov ham fikrlarimizga qo'shilgan holda o'z taassurotlari bilan bo'lishdi. 

"Osiyo kubogi biz uchun yaxshi o'tdi. Munosib ishtirok etdik. Jamoadoshlarim bilan birlashib ayta olamanki, biz mag'lubiyatsiz shu darajaga etib keldik. To'g'ri, Eronga penaltilar seriyasida yutqazdik. Lekin 40 daqiqa davomida borimizni berdik. Eron bilan yana revanshimiz bo'ladi. CAFA turnirida forslarga qarshi o'ynaymiz. 

Murabbiyimiz Venansio Lopesning ko'rsatmalarini bajarishga harakat qildik. Ko'rdinglar, o'yinimiz o'zgargan. Nasib qilsa, bundan ham yaxshi o'yin ko'rsatamiz. Jarohatlarga kelsak, albatta oz bo'lsada o'z tasirini o'tkazdi. Men qo'limdan kelgancha jamoadoshlarimga yordam berishga intildim",- deydi Husniddin Nishonov. 

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика