Husaynnajodmaxalenkolay Muhammadjavad Ramazon - "Dinamo"ning yangi futbolchisining ism familiyasini nechta urinishda o'qidingiz?
14 avg 2024 15:20
Yangiliklar
Husaynnajodmaxalenkolay Muhammadjavad Ramazon - "Dinamo"ning yangi futbolchisining ism familiyasini nechta urinishda o'qidingiz?
Maxachqalaning "Dinamo" klubi eronlik yangi futbolchisini tanishtirdi.
Jamoa eronlik Husaynnajodmaxalenkolay Muhammadjavad Ramazonni 900 ming evro evaziga sotib oldi. 21 yoshli futbolchi bungacha "Sepaxon" klubi sharafini himoya qilgan. Eron klubi safida yosh iqtidorli yarim himoyachi 28 ta uchrashuv o'tkazib ulgurgan hamda 2 ta gol urib, sherilkariga 4 ta golli uzatma etkazib bergan.
Biroq tanishtiruv marosimida asosiy urg'u futbolchining talaffuz qilishga qiyin va juda uzun ismiga berildi.
Muhammadjavadning 10-raqamli futbolkasi mana bunday ko'rinish olgan.

Klub o'zining telegram-kanalida jamoaning boshqa futbolchilari eronlik sportchining ism-familiyasini katta qiyinchilik bilan talaffuz qilayotgani aks etgan video ham yukladi. Etiborlisi, futbolchilar ham katta ehtimol jamoaning yangi azosi ism-familiyasini o'sha futbolkadan o'qishgan :)
"Dinamo" klubining rasmiy xabariga ko'ra, bevosita o'yinlar uchun tayyorlanadigan libosda futbolchining elkasida shunchaki Javad ismi bo'ladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. Голларга бой ўтган Мадрид дербисида "Реал" "Атлетико"ни мағлуб этди
Англия Лига кубоги. "Манчестер Сити" "Арсенал"ни мағлуб этди, Ҳусанов Англиядаги илк совринини ютди!
ЛаЛига. Араухонинг голи "Барселона"га уч очко келтирди
Альваро Арбелоа: "Тарихдаги энг яхши дарвозабон жароҳат олди. Лекин бизда яна бир фантастик кипер бор"
Fikrlar