So’nggi yangiliklar

12:00Бугунги ўйинлар: “Боруссия Д” сафарда, футзалда қизиқарли баҳслар ва бошқалар  0 11:38"Милан" Меньянга клуб тарихидаги энг юқори маошни таклиф қилди  3 11:10Ўтган мавсум "Нефтчи" билан чемпион бўлган футболчи фаолиятини Тошкент жамоасида давом эттиради  0 10:47Пўлатхўжа Холдорхонов: “Худо хоҳласа, “Андижон”га ҳам чемпионликни ният қилиб келдим”  3 10:20"Реал" етакчиси финалда ўйнаши мумкин  2 09:52"Мураббийлар қотили" - Маттейс де Лигт  5 09:24Алонсо "Реал Мадрид"нинг Испания Суперкубоги финалига чиққанига муносабат билдирди  4 08:55Хебайнинг янги жамоаси деярли аниқ  14 08:28Роналду кечаги мағлубиятдан сўнг ўз фикрини билдириб ўтди  18 08:00Шота Арвеладзенинг жияни Суперлига жамоасида кўрикдан ўтмоқда  4 07:25АПЛ. Марказий учрашувда дуранг қайд этилди  5 01:59Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз  37 01:42Канселу эртага "Барса" учун тиббий кўрикдан ўтади. Клуб барчасини "Ал Ҳилол" ва Мендеш билан келишиб олди  1 01:25ПСЖ "Марсел"ни пенальтилар сериясида мағлуб этиб, Франция Суперкубогини қўлга киритди. Рамуш 95-дақиқада гол урди, Шевалье серияда иккита зарбани қайтарди  3 01:10Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Ҳилол" ва "Иттифоқ"да ғалаба, Роналду ва "Ал Насср" яна мағлуб бўлди  10

Husanovning "Manchester Siti"dagi debyuti: xato, hayajon va tribunadan qarsaklar Yangiliklar

Husanovning "Manchester Siti"dagi debyuti: xato, hayajon va tribunadan qarsaklar

Championat.Asia muxbiri Nikolay Egorichev o'zining Telegram kanalida "shaharliklar" tarkibida Abduqodir Husanov debyut qilgan "Manchester Siti" - "CHelsi" o'yini yakunlari haqida kichik matn chop etdi.

Birinchi taym Husanov uchun yumshoq qilib aytganda oson bo'lmadi. Ilk daqiqalar — aqlbovar qilmas hayojon va tushuntirib bo'lmas xato. Abduqodirning o'zi ham u erda nima qilgani haqidagi savolga javob bera olmasa kerak.

SHu bilan birga, "Siti"ning qanday o'ynagani hayron qoldirmoqda. Aniqrog'i, birinchi bo'limning dastlabki 15-20 daqiqasi: manosiz, kam harakat va ko'p xato. Agar Husanovning xatosini jamoaning yangi o'yinchisi "kemadan balga" tushib qolgani bilan izohlasak, Gyundoganning oddiy vaziyatlardagi braklarini qanday tushunish kerak?

Umuman olganda, o'yin chalkash o'tdi. Maydon markazisiz, hujumdan hujumga. Huddi "Siti" va "CHelsi" emas, masalan "Brentford" va "Kristal Pelas" o'ynagandek.



Husanovga kelsak, xudoga shukur, xatosidan so'ng tinchlandi. Bir necha bor to'pni yaxshi harakatlantirdi, harakat qildi. Agar o'sha xato bo'lmaganda, uning o'yinini to'rtga baholash mumkin bo'lardi.

Husanov xatosining bir qismiga Gvardiola sababchi ekanligi haqida fikrni ko'rdim. U jamoada atigi hafta oldin kelgan, hali ko'nikmagan yosh yigitni tushirdi. Ammo, po'lat shunday mustahkamlashadi. Huddi shunday holat "Lans"dagi ilk o'yinda ham ro'y bergandi, ilk 15-20 daqiqada hayajonda, so'ngra barchasi ozmi-ko'pmi tinchlanadi.

Husanovning ikkinchi taymda chiqqani yaxshi signal. Bu haqiqatdan ham qiyin debyutdan so'ng tanaffusda almashtirilishdan yaxshidir. Etiborlisi, stadion Husanovni qarsaklar bilan kuzatib qo'ydi. Hattoki kimdir buni turib amalga oshirdi. Ha, Gvardiola ham u maydondan chiqqandan so'ng otalarcha quchoqladi.



Hozir eng asosiysi "sovuq bosh"ni saqlab qolishdir. Husanovning felini bilgan holda, u aynan shunday qiladi deb o'ylayman. Va Abduqodir jamoa va murabbiylar shtabidan qo'llab-quvvatlash oladi deb umid qilaman. Yana aytaman, o'sha xato bo'lmaganda, debyut normal bo'ldi deb aytsa bo'lardi. Bunday xatolar bu darajada kechirilmaydi. Qisqa qilib shunday yakun chiqarish mumkin: Bu "Lans" emas, bu APL. Bu erdagi futbol biroz boshqacha va imkon qadar tezroq adaptaciya qilish kerak.

Qiziqarli fakt: Husanov "Lans" asosiy tarkibida o'tishdan so'ng ilk bor ikki oydan so'ng chiqqandi. SHunchaki taqqoslash uchun. SHunday ekan, bir oydan so'ng uning o'zini qanday ko'rsatishini ko'ramiz. O'shanda ilk xulosalarni chiqarish mumkin.

Reyting: +47   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика