Hujumchi Muriel yozda "Atalanta"dan ketishi mumkin
28 mar 2022 10:16
Yangiliklar


Hujumchi Muriel yozda "Atalanta"dan ketishi mumkin
"Atalanta" hujumchi Luis Muriel bilan yangi shartnoma borasida kelisha olmayapti.
Ayni damda muzokaralar to'xtatilgan.
Agar tomonlar kelishuvga erisha olishmasa, 30 yoshli kolumbiyalik yozda jamoadan ketishi mumkin.
Uning "Atalanta" bilan shartnomasi 2023 yilga qadar mo'ljallangan va Bergamo klubi uni tekinga yo'qotmaslik uchun sotishga harakat qiladi.
Muriel joriy mavsum barcha musobaqalarda 29ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol va 6ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar