So’nggi yangiliklar

18:06"Портсмут" — "Арсенал". Таркиблар маълум  0 17:36"Барса”, ПСЖ, "Интер”, "Юве”, "Монако" ва "Порту" клублари россиялик футболчига қизиқмоқда  0 16:58Наманган вилояти ҳокими "Навбаҳор" стадионини кўздан кечирди  2 16:01Бугун Испания Суперкубоги финали доирасида “Эл класико” бўлиб ўтади  30 15:42Хулиан Альварес АПЛга қайтиши мумкин  1 14:58"Манчестер Юнайтед”, "Реал" ва "Арсенал" грециялик футболчи учун даъвогар  1 14:10Каору Митома - "Манчестер Юнайтед"нинг трансфер мақсади  1 13:42Ван де Вен "Ливерпул"га ўтишга рози бўлди  3 13:18Суперлига-2026. Мавсумни ким қаерда бошлайди?  4 12:49Бугунги ўйинлар: “Интер” — “Наполи”, “Бавария” уйда, “Милан” сафарда ва бошқалар  1 12:45"Арсенал" Барколя учун курашга қўшилди  1 11:34Абрахам АПЛга қайтиши мумкин  5 10:39"Манчестер Сити" 40 йиллик натижани такрорлади  1 10:04Невилл МЮ учун идеал мураббий ким эканлигини айтди  6 09:28Анвар Раҳимов - "Локомотив" U-21 жамоаси бош мураббийи!  3

Hojimat Erkinov: "Superligadagi eng qiyin raqib - "Nasaf" Yangiliklar

Hojimat Erkinov: "Superligadagi eng qiyin raqib - "Nasaf"

"Paxtakor" Coca-Cola Superliga 4-turining markaziy uchrashuvida "Navbahor"dan kichik hisobda ustun keldi.

Bellashuv nihoyasiga etganidan keyin "sherlar" yarim himoyachisi Hojimat Erkinovning fikrlariga quloq tutdik.

- O'yin yaxshi bo'ldi. "Navbahor"dan har jabhada ustun edik. SHu tufayli yakunda g'alaba qozondik.

- O'yinning asosiy vaqti tengkurashlar ostida o'tgandek tuyuldi. Agar gol urilmasa, durang siz uchun qoniqarsiz natija bo'larmidi?

- Markaziy o'yinlarda faqat safarda o'ynayotgan tomonni 1 ochko qoniqtirishi mumkin. Biz bugun faqat 3 ochko uchun maydonga chiqqandik. Bu bevosita o'yinda ham ko'rindi.

- "Paxtakor" vingerlari doimiy tarzda qanotlarni almashtirib o'ynashadi. Hojimat Erkinovga ko'proq qaysi qanot qulayroq?

- To'g'risini aytsam, katta futbolga o'tayotganimda o'zimni chapda qulayroq his qilardim. Biroq, "Paxtakor"da o'ng tomonga tushirish barobarida qanday harakatlansam, foydaliroq bo'la olishimni uqtirishdi. Hozir ikkala tomonda bir xil erkinman. 

- Bugun chempionlikka davo qilayotgan 2 klub o'zaro to'qnashdi. "SHerlar" oltin medallar uchun kurashda asosiy xavfni qaysi jamoadan kutyapti?

- Hozircha barcha klublar bilan to'qnashmadik. SHunga hammaning kuchiga to'g'ri baho berolmaymiz. Lekin, ortda qolgan o'yinlardan xulosa qilsak, eng kuchli raqib "Nasaf" edi. 

- "Navbahor"dan ham kuchliroqmi?

- Ha, mavsumdagi birinchi rasmiy o'yinligi uchun bo'lsa kerak, Superkubok bahsi qiyinroq o'tgandi.

- "Paxtakor" 4 aprel kuni OCHLda ishtirok etish uchun Saudiya Arabistoniga jo'nab ketadi. Guruhdagi raqiblar haqida qanday fikrdasiz?

- Rosti, hali raqiblarni jamoa bilan tahlil qilmadik. Bugungacha asosiy etiborimiz "Navbahor"ga qaratilgan edi. Mana, endi OCHL haqida o'ylashni boshlasak bo'ladi.

"Yubiley". CHeran Arturning rekordiga yaqinlashdi

Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика