So’nggi yangiliklar

15:35"Олимпик"нинг қарзи 3 миллиардга етди, 4 ойдан буён маош йўқ  0 15:20"Тоттенхэм" яна оғзидаги ошни "Арсенал"га олдирмоқда   1 14:55"Реал" собиқ футболчиси "Байер"га ўтади  1 14:23"Эвертон" "Саутгемптон" вингерини 50 млн евро эвазига сотиб олди  0 13:55"Фенербахче", "Ризеспор" академиялари қатнашган халқаро турнирда "Бунёдкор-2011" бош совринга эга чиқди, иккинчи ўрин "Пахтакор-2011"га насиб қилди  1 13:35Факт. "Сўғдиёна" ўз тарихида учинчи маротаба Ўзбекистон Кубоги ярим финалига чиқди   1 13:1516 ёшли Рио "Ливерпуль" тарихига кирди   3 12:55Факт. "Навбаҳор" 8 йилдан сўнг дарвозасидан 4 та гол ўтказди  4 11:46"Сўғдиёна" мураббийи: "Бу йилги мақсадимиз - Ўзбекистон Кубоги"  6 11:21Факт. "Сўғдиёна" Ўзбекистон Кубогида 20 йилдан сўнг "Навбаҳор"ни ютди  4 10:50"Реал" футболчиси Лига 1 чемпионатига кўчиб ўтиши мумкин  0 10:33Пролига. Бугун 13-тур якунланади  0 10:05ПСЖ Доннаруммага нарх белгилади  7 09:40МЮнинг яна бир иқтидор соҳиби ёзда жамоани тарк этмоқчи  4 09:17Анчелотти нима сабабдан Неймарни термага чақирмаганига изоҳ берди  0

Hindiston U-16 murabbiyi: "Bularning barchasi bolalar futboliga berilayotgan etibor samarasi" Yangiliklar

Hindiston U-16 murabbiyi: "Bularning barchasi bolalar futboliga berilayotgan etibor samarasi"

Bugun bo'lib o'tgan U-16 Osiyo chempionati saralash bosqichi O'zbekiston - Hindiston bahsida 1:1 hisobi qayd etildi.

O'yindan keyin hindlar bosh murabbiyi Bibiano Fernandes quyidagi fikrlarni bildirdi.

 

- Biz saralash bosqichida ko'rsatgan barcha o'yinimizdan xursandmiz. SHogirdlarim uchta bahsda ham katta ishni bajarishdi va haqli ravishda U-16 Osiyo chempionati final bosqichiga chiqdik. Avvalgi musobaqada jahon chempionatiga chiqishga bir bahya qolgandi, o'ylaymanki keyingi yil buning uddasidan chiqib Osiyo chempionati orqali kichik mundialga boramiz.  


- Jamoangiz faqat bugungi o'yinda gol o'tkazdi. Raqib haqida nima deya olasiz? 

- O'zbekiston yaxshi o'yin ko'rsatdi va o'ylaymanki, jamoangiz Osiyo chempionatiga boradi. 


- Hindiston yoshlar termasining muvaffaqiyat siri nimada? 

- Buning sirini faqat bugun o'ynagan jamoadan qidirish kerak emas. Buning uchun tarixga qarash kerak bo'ladi. Oxirgi yillarda Hindiston futbolida katta o'zgarishlar ro'y berdi. Ayniqsa bolalar futboliga juda jiddiy etibor qarata boshladik. Yaxshi futbolchilar etishib chiqyapti. Bugungi yutug'imiz mevasi ham o'tmishda amalga oshirilgan ishlar natijasi deb bilaman.


- Hindistonda futbolga etibor qachondan o'zgardi? 

- 2002 yildan tub burilish yuz berdi deya olaman. Bolalar futboli bo'yicha alohida dastur ishlab chiqdik va shunga ko'ra ishlashni yo'lga qo'ydik. Eng avval murabbiylarni o'qitishni boshladik. Keyin yaxshi bolalar etishib chiqdi.   


- Bilamizki, Hindistonda kriket birinchi raqamli sport turi hisoblanadi. Futbolga etibor qanday? 

- Bizda futbol oxirgi yillarda ancha rivojlandi. Ichki chempionat o'yinlarida stadionlar doim to'ladi. Xullas futbolga qiziqish kuchli. O'ylaymanki, bir kun kelib biz ham jahon chempionatiga chiqamiz. SHunday ishlashda davom etsak, albatta mundialga boramiz.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика