Here we go! "Manchester Siti" sardori "Milan"ga o'tmoqda
22 jan 2025 19:20
Yangiliklar
Here we go! "Manchester Siti" sardori "Milan"ga o'tmoqda
"Manchester Siti" klubi qishki transfer oynasida nafaqat yangi o'yinchilarni olib kelish, balki ketkazishda ham faol bo'lmoqchi.
Mashhur insayder Fabricio Romanoning xabar berishicha, "Milan" klubi "Manchester Siti" sardori Kayl Uoker bilan shartnoma imzolash borasida kelishuvga erishdi.
Milanliklar himoyachini 2025 yilning yoziga qadar keyinchalik sotib olish majburiyatisiz ijaraga olishadi. Kelishuvga ko'ra, Uokerning maoshini "Milan" qoplaydi.
Futbolchi tez orada Italiyaga uchadi va tibbiy ko'rikdan o'tadi. "SHaharliklar" sardori yangi chaqiruvga tayyor.
Eslatib o'tamiz, Gvardiola jamoasi yaqindagina ikki yosh markaziy himoyachilar Abduqodir Husanov va Vitor Reysni sotib olgan edi.

O’xshash yangiliklar
01:15
Liam Rosenor: "Odamlar mening "Manchester Yunayted" muxlisi bo'lganimni tanqid qilishlari mumkin" 1
championat.asia
U-23 Осиё Кубоги. Эрон билан дуранг ўйнадик. Гуруҳдан чиқиш масаласи охирги турга қолди
Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз
Роналду кечаги мағлубиятдан сўнг ўз фикрини билдириб ўтди
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
Fikrlar