So’nggi yangiliklar

17:34"Рома" янги ҳимоячини ўз сафига қўшиб олди  0 17:18Уларга ҳам амалиёт керак ёхуд U-23 терма жамоасини нималар кутмоқда?  1 16:51"Бавария" учинчи либосини тақдим этди – унда 1920 йиллардаги логотип тасвирланган  0 16:26Эрон терма жамоаси асосий дарвозабони 4 ойга дисквалификация қилинди  0 16:03"Манчестер Юнайтед" либосларининг орқа томонига уч нафар афсонанинг исмини ёздириш тақиқланди  0 15:47"Барселона" ва "Реал" афсоналари Месси ўйнайдиган стадионда учрашади  0 15:20Аргентиналик юлдуз МЮни "Челси"га алмаштирмоқчи  1 14:53Илёс Зейтуллаев: "Орзу қилиш зарар қилмайди, охиригача курашамиз!"  0 14:25"Пахтакор" собиқ устози Саудия Арабистони клубида иш бошлади  3 14:01Моуриньо "Вильярреал"га йўл олди  4 13:38"Манчестер Юнайтед" янги ярим ҳимоячи топди  0 12:37"Ливерпуль" Родриго билан шартнома борасида музокара ўтказди  6 12:14Санчо "Боруссия"га қайтиш учун маошини икки баробарга қисқартиришга тайёр  1 12:03Роҳатижон  11 11:48Париж клуби "Барселона" футболчисига кўз тикди  1

"Hech kim "Tottenxem" va "Ayaks" yarim finalga chiqishiga ishonmagandi" - Maurisio Pochettino ishtirokidagi matbuot anjumani (to'liq) Yangiliklar

"Hech kim "Tottenxem" va "Ayaks" yarim finalga chiqishiga ishonmagandi" - Maurisio Pochettino ishtirokidagi matbuot anjumani (to'liq)

"Tottenxem" ustozi Maurisio Pochettino ECHL yarim final bosqichi "Ayaks"ga qarshi dastlabki o'yin oldiidan o'z fikrlari bilan bo'lishdi.

"Biz yarim finaldamiz, chunki yaxshi jamoa sifatida o'yin ko'rsatdik va kelgusi o'yinlarda yanada kuchayamiz. Mazkur bosqichga qadar etib keldik, sababi har doim bir jamoa bo'lib yarim finalga chiqish uchun munosib harakat qildik. 

Har doim echim izlash kerak bo'ladi, ammo bizdagi variantlar chegaralangan. Bu sehrli kecha bo'ladi. Har qanday holatda ham ishonch yuqori darajada. Biz yarim finalni yangi stadionimizda o'tkazamiz — hech kim bir necha oy oldin bu kabi ishlar bo'lishiga ishonmagan va hatto tasavvur qilib ham ko'rmagan edi. 

Juda og'ir bahs bo'ladi. "Ayaks" yarim finaldagi o'rni uchun to'liq mehnat qildi va ushbu bosqichga haqli etib keldi. O'ta raqobatbardosh matchni kutyapmiz. Yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritish - bu yuqori daraja va tarkibda qobiliyatli o'yinchilar borligining natijasi, albatta. "Ayaks" fantastik o'yin namoyish qilmoqda. Ular guruh bosqichida mag'lubiyatga uchrashmadi va keyin "Real", "Yuventus" jamoalaridan o'tishdi. 

Ushbu jamoa ko'plab iliq so'zlarga loyiq. Murabbiy va o'yinchilar birgalikda fantastik ishlab, tarix yaratishmoqda. Bu biroz bizning holatimizga o'xshaydi. Hech kim "Tottenxem" va "Ayaks" yarim finalga chiqishiga ishonmagandi. Ammo, biz shu bosqichdamiz, boisi biz bunga yarasha mehnat qildik.  

Bu o'yinda charchash imkonsiz va motivaciya etishmasligini his qila olmaysiz. Bularning hammasi boshda. Energiya ko'p, mo'l bo'ladi. Men hech qachon ECHL yarim finalida o'ynamaganman. Yangi hissiyotlarga chanqoqman. 

Bizni ikkita o'yin kutib turibdi. Ertaga birinchi bo'lim o'tkaziladi. Ikkinchi taym esa "Ayaks" maydonida. Mazkur to'qnashuvning ikkinchi qismi borligini o'ylagan holda, uchrashuvga qanday etib kelishimiz va birinchi 90 daqiqalikni qay tarzda o'tkazishimiz muhim. 

"Ayaks" jamoasida ajoyib tarkib shakllangan, juda yaxshi formadagi o'yinchilar. Biz raqibimizning o'yinlarini ko'plab tomosha qildik, lekin bu normal holat: yarim finalda ular bilan bahslashamiz. 

Erik ten Xag ("Ayaks" bosh murabbiyi) o'zining g'oyalarini amalga oshirmoqda. O'ylashimcha, o'z ishini maromiga etkazib bajaryapti. U bilan ko'rishishdan juda ham xursand bo'laman", -deydi Pochettino.

Eslatib o'tamiz, "Tottenxem" - "Ayaks" uchrashuvi ertaga Toshkent vaqti bilan 23:55da boshlanadi. 

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика