So’nggi yangiliklar

02:13ЕЧЛ. "Қорабоғ", "Пафос" ва "Брюгге" саралашнинг сўнгги босқичидаги илк баҳсларни ўз фойдаларига ҳал қилишди  0 02:02Ла Лига. Мбаппенинг пенальтидан киритган голи "Реал Мадрид"га илк турдаги ғалабани тақдим этди  34 02:00Муҳаммад Салоҳ Англия профессионал футболчилар уюшмаси талқинига кўра АПЛнинг энг яхши футболчиси деб топилди  0 01:54Англия профессионал футболчилар уюшмаси АПЛ рамзий терма жамоасини эълон қилди  1 01:10Фарҳод Нишонов: "Вазиятлардан фойдаланганимизда ўйин сценарий бошқача кечиши мумкин эди"  0 00:56Неъматилло Қуттибоев: "Бугунги ғалаба – қаҳрамонлик. Йигитлар ва мухлисларга раҳмат"  0 00:50Гвардиола "Сити" билан шартномасини узайтирадими? Мураббийнинг ўзи жавоб берди  1 00:25"Арсенал" Троссарднинг маошини сезиларли даражада оширмоқчи  0 23:30Эрон. "Истиқлол" илк турда "Трактор"ни мағлубиятга учратди  1 23:23Гарначо "Бавария"га йўқ деди. Футболчи "Челси"га ўтмоқчи  2 22:25"Наполи" "Жирона"дан 20 млнлик трансферни амалга оширди  0 21:45"Марсель" жанжалкашларни расман бадарға қилмоқда. Рабьога таклифлар бор  1 21:01ПФЛ Бергер тизимини бекор қилса, янги тақвимда тарихий омиллар ҳисобга олинадими?  10 20:51Моуринью мураббий сифатида ўсишига ёрдам берган футболчи ҳақида гапирди  9 20:25Мбаппе Доннарумманинг ПСЖдаги ҳолати ҳақида: "Бу оғир ва адолатсиз давр"  3

Hamza Karimov: “G'alabaga ishongan edik” Yangiliklar

Hamza Karimov: “G'alabaga ishongan edik”

“Nasaf”ning OCHLdagi ilk g'alabasiga jamoamizning tajribali markaziy himoyachisi Hamza Karimov munosib hissa qo'shdi.
Aynan uning ikkinchi bo'lim boshida kiritgan goli “Nasaf”ga muhim uch ochko keltirdi. Futbolchining o'zi bu haqda quyidagilarni aytib o'tdi:

-Bu o'yinda g'alaba qozonishni astoydil istagan edik. Birinchi bo'limdan keyin yutqazib turib, echinish xonasiga yo'l olganimizda, bosh murabbiyimiz ko'nglimizni cho'ktirmasligimizni, bizga yuz foiz ishonishini aytdi. Ro'ziqul Sadullaevich tanaffusda “sizlarga ishonaman, g'olib chiqish qo'llaringdan keladi” deya bizni yanada ruhlantirdi.

SHu sabab ikkinchi bo'limda umuman boshqacha o'yin ko'rsatdik. O'ylaymanki, ikkkinchi bo'limdagi o'yinimiz muxlislarga yoqdi. Albatta raqibimizning ham kuchli jamoa ekanligini takidlab o'tish joiz. Ular ham darvozamiz oldida ko'plab xavfli vaziyatlarni yaratishdi. Jamoa tarkibida mahoratli futbolchilar etarlicha ekan. Gol urgan holatga kelsak, o'sha standart vaziyatda Arturga to'pni jarima maydonchasi markaziga etkazishini takidladim. To'p uzatilgach darvozabon to'pga yugurib kelayotganini ko'rdim va undan chaqqonroq harakat qilib, gol urishga erishdim. Maqsadimiz keyingi o'yinlarda ham muxlislarni xursand etish.

OCHL bahslarida oddiy jamoalar bo'lmaydi. Keyingi turda Saudiya Arabistonida “Al-Ahli” bilan kuch sinashamiz. Bu mamlakat jamoalari har doim kuchli bo'lib kelgan. O'z vaqtida “Mashal”da safida bu mamlakat jamoalariga qarshi maydonga tushganman. Ularning imkoniyatlari bizga malum. Nasib etsa, o'z o'yinimizni ko'rsata olsak, safardan ham kerakli natijagaerisha olamiz, -deya fikrlarini bildirib o'tdi Hamza Karimov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика