Hamyurtlarimiz Qirg'iziston superkubogi uchun bahsda engilishdi (foto)
28 mar 2014 08:32
Yangiliklar

Hamyurtlarimiz Qirg'iziston superkubogi uchun bahsda engilishdi (foto)
24 mart kuni Bishkek shahrida Qirg'iziston superkubogi uchun bellashuv bo'lib o'tgandi.
Unda mamlakatning amaldagi chempioni va kubok sohibi “Oloy” (O'sh) vice-chempion “Dordoy” (Bishkek) bilan o'zaro bellashdi. Uchrashuv “Dordoy”ning yirik g'alabasi bilan yakunlandi – 3:0.
Superkubokda ketma-ket uchinchi marta muvaffaqiyat qozongan “Dordoy”ga sovrin abadiyga topshirildi (musobaqa reglamentiga ko'ra, superkubokni qatorasiga uch bor yutgan klub sovrinni o'z muzeyida doimiy saqlashga oladi).
SHu tariqa, bu yil o'z tarixida ilk marta OFK kubogida ishtirok etayotgan “Oloy” jamoasi sharafini himoya qiluvchi o'zbekistonlik futbolchilar – darvozabon Rustam Dadaboev va himoyachi Ulug'bek Mo'minovga superkubokka erishish nasib qilmadi.
Etiborlisi, uchrashuvdan keyingi taqdirlash marosimida mag'lublarga kumush hamda g'oliblarga oltin medallar topshirildi.

Fikrlar