Hamrobekov, Rahmonov va Ergashev 2 ta, G'ulomov 4 ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi - Tartib-intizom qo'mitasi qarorlari
11 avg 2022 20:43
Yangiliklar
Hamrobekov, Rahmonov va Ergashev 2 ta, G'ulomov 4 ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi - Tartib-intizom qo'mitasi qarorlari
AGMK – "Metallurg"
O'zbekiston Superligasining 14-turidan o'rin olgan AGMK – "Metallurg" bahsida mezbonlar vakili Sardor Rahmonov raqibining to'pig'iga oyog'ining tag qismi bilan sakrab zarba bergani uchun maydondan chetlatilgan.
Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Sardor Rahmonovga (AGMK) nisbatan 2 ta o'yinga diskvalifikaciya qilish va jarima intizom chorasi qo'llanildi.

"So'g'diyona" – "Bunyodkor"
O'zbekiston Superligasining 14-turidan o'rin olgan yana bir uchrashuv "So'g'diyona" – "Bunyodkor" o'yinida mehmonlar vakili Davron Ergashev raqib bilan kurashda raqib oyog'ining himoyalanmagan qismiga butsasining tag qismi bilan sakrab zarba bergan. Bosh hakam ushbu vaziyatda Ergashevni maydondan chetlashtirgan.
Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Davron Ergashevga ("Bunyodkor") nisbatan 2 ta o'yinga diskvalifikaciya qilish va jarima intizom chorasi qo'llanildi.
"Qo'qon-1912" – "Neftchi"
O'zbekiston Superligasining 14-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" – "Neftchi" uchrashuvida mehmonlar futbolchisi Abbosjon G'ulomov raqib tizza qismiga to'psiz vaziyatda oyog'ining tag qismi bilan sakrab zarba bergani uchun maydondan chetlatilgan.
Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Abbosjon G'ulomovga (“Neftchi”) nisbatan 4 ta o'yinga diskvalifikaciya qilish va jarima intizom chorasi qo'llanildi.

"Nasaf" – "Surxon"
Coca Cola Superligasining qoldirilgan 5-tur doirasidagi "Nasaf" – "Surxon" bahsida mehmonlarning yordamchi murabbiyi Migel Alvares texnik zonada uchrashuv translyaciyasini planshet orqali kuzatib borib, bosh hakam qarorlariga shu orqali ketma-ket etiroz bildirgani uchun qizil kartochka bilan jazolangan.
Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Migel Alvarez Sanchezga ("Surxon") nisbatan 2 ta o'yinga diskvalifikaciya qilish va jarima intizom chorasi qo'llanildi.
"So'g'diyona" – "Paxtakor"
Coca Cola Superligasining qoldirilgan 11-tur doirasidagi "So'g'diyona" – "Paxtakor" uchrashuvida mehmonlar futbolchisi Odiljon Hamrobekov raqib o'yinchisiga nisbatan tajovuzkor xatti-harakat qilganligi uchun maydondan chetlatilgan.
Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Odiljon Hamrobekovga ("Paxtakor") nisbatan 2 ta o'yinga diskvalifikaciya qilish va jarima intizom chorasi qo'llanildi.

"Dinamo" – "Nasaf"
Coca Cola Superligasining qoldirilgan 11-tur doirasidagi “Dinamo” — “Nasaf” bahsida mezbonlarning jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiyi Anatoliy Kurlaev bosh hakam shaniga haqoratli so'zlar ishlatgani uchun qizil kartochka bilan jazolangan.
Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Anatoliy Kurlaevga (“Dinamo”) nisbatan 3 ta o'yinga diskvalifikaciya qilish va jarima intizom chorasi qo'llanildi.
"Nasaf-farm" – "Paxtakor-79"
Birinchi liga 12-turidan o'rin olgan "Nasaf-farm" – "Paxtakor-79" uchrashuvida mezbonlar futbolchisi Javohir Jumaev raqibiga nisbatan qo'lining tirsak qismi bilan zarba bergan.
Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Javohir Jumaevga (“Nasaf-farm”) nisbatan 2 ta o'yinga diskvalifikaciya qilish intizom chorasi qo'llanildi.
"Lokomotiv BFK" – "CHig'atoy"
Birinchi liga 12-turidan o'rin olgan "Lokomotiv BFK" – "CHig'atoy" bahsida mehmonlar murabbiyi Dmitriy Kim bosh hakam shaniga haqoratli so'zlar ishlatgani uchun maydondan chetlatilgan.
Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Dmitriy Kimga (“CHig'atoy”) nisbatan 2 ta o'yinga diskvalifikaciya qilish intizom chorasi qo'llanildi.
AGMK – "Metallurg"
U-21 chempionatining 14-turi doirasidagi AGMK – "Metallurg" bahsining 64-daqiqasida mezbonlar futbolchisi Sarvar Ablaev tajovuzkor xatti-harakati bilan raqib o'yinchisiga qo'pollik ishlatgan. U raqibining tizza qismiga butsasining yuz qismi bilan zarba bergan va maydondan chetlatilgan.
Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Sarvar Ablaevga (AGMK) nisbatan 3 ta o'yinga diskvalifikaciya qilish intizom chorasi qo'llanildi.
"Surxon" – "Olimpik"
U-21 chempionatining 14-turi doirasidagi "Surxon" – "Olimpik" uchrashuvida mehmonlar vakili Sunnatilloh Hamidjonov raqib futbolchisining yuz qismiga zarba berganligi uchun maydondan chetlatilgan.
Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Sunnatilloh Hamidjonovga ("Olimpik") nisbatan 3 ta o'yinga diskvalifikaciya qilish intizom chorasi qo'llanildi.
"Turon" – "Qo'qon-1912"
U-19 chempionatining 9-turi doirasidagi "Turon" – "Qo'qon-1912" bahsida mezbonlar vakillari Otabek Ageev va Ruslan Mahkamov hamda mehmonlar futbolchisi Xabibulloh SHaripovlar o'rtasida mushtlashuv yuz bergan.
Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Otabek Ageev va Ruslan Mahkamov (har ikkisi “Turon”) hamda Xabibulloh SHaripovga (“Qo'qon-1912”) nisbatan 3 ta o'yinga diskvalifikaciya qilish intizom chorasi qo'llanildi.
"Paxtakor" – AGMK
U-19 chempionatining 11-turidan o'rin olgan "Paxtakor" – AGMK uchrashuvida mehmonlar murabbiyi Ruslan Gamadeev bosh hakam shaniga haqoratli so'zlar ishlatgani uchun qizil kartochka bilan jazolangan.
Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Ruslan Gamadeevga (AGMK) nisbatan 2 ta o'yinga diskvalifikaciya qilish intizom chorasi qo'llanildi.
"Xorazm" – "Qizilqum"
U-19 chempionatining 11-turidan o'rin olgan "Xorazm" – "Qizilqum" bahsida mehmonlar futbolchisi Azim Toshpo'latov hakam shaniga haqoratli so'zlar ishlatgani uchun maydondan chetlatilgan.
Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Azim Toshpo'latovga (“Qizilqum”) nisbatan 3 ta o'yinga diskvalifikaciya qilish intizom chorasi qo'llanildi.
"Lokomotiv" – "Mashal"
U-19 chempionatining 11-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" – "Mashal" uchrashuvida mezbonlar futbolchisi Mirjalol Norqobilov raqib futbolchisi shaniga haqoratli so'zlar ishlatgani uchun maydondan chetlatilgan.
Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Mirjalol Norqobilovga (“Lokomotiv”) nisbatan 2 ta o'yinga diskvalifikaciya qilish intizom chorasi qo'llanildi.
"Nasaf" – "SHo'rtan"
U-19 chempionatining 11-turidan o'rin olgan "Nasaf" – "SHo'rtan" bahsida mezbonlar futbolchisi Asilbek Qo'ziboev raqibi Bobur Hamroev bilan og'zaki janjalga kirishgan.
Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Asilbek Qo'ziboev (“Nasaf”) va Bobur Hamroev (“SHo'rtan”)ga nisbatan 2 ta o'yinga diskvalifikaciya qilish intizom chorasi qo'llanildi.
"Qizilqum-W" – "Navbahor lochinlar-W"
O'zbekiston ayollar Oliy ligasining 12-turidan o'rin olgan "Qizilqum-W" – "Navbahor lochinlar-W" uchrashuvida mehmonlar futbolchisi Fotima Uraimjonova raqib o'yinchisining oyoq qismiga qasddan zarba berdi.
Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Fotima Uraimjonovaga (“Navbahor lochinlar-W”) nisbatan 3 ta o'yinga diskvalifikaciya qilish intizom chorasi qo'llanildi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал" "оловли" ўйинда Мбаппе ва Беллингемнинг голи эвазига "Барселона"ни мағлуб этди
Месси Роналдунинг рекордини такрорлади, бироқ...
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" марказий тўқнашувда ОКМК билан дуранг ўйнади
Суперлига. Турнинг сўнгги баҳсида "Сурхон" "Андижон"га ҳеч қандай имконият қолдирмай йирик ҳисобда мағлуб этди
Fikrlar