Hamidullo Abdunabiev: "Murabbiylarning ko'rsatmalariga amal qilsak, "Buxoro"ni yana mag'lub etamiz"
05 apr 11:00
Yangiliklar
Hamidullo Abdunabiev: "Murabbiylarning ko'rsatmalariga amal qilsak, "Buxoro"ni yana mag'lub etamiz"
Superliganing 4-turidan o'rin olgan "Buxoro" – "Bunyodkor" (0:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlar darvozaboni Hamidullo Abdunabiev fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"O'yin qiyin bo'lishini bilardik va biz kutgan voqea sodir bo'ldi. Tanaffusga qadar raqib darvozasini ishg'ol qila olmadik, ammo ikkinchi bo'limda murabbiylarning ko'rsatmalarini bajarishga harakat qildik, shuning evaziga g'alaba qozondik.
Endi uchrashuvni tahlil qilamiz. Keyingi bellashuvni kubok doirasida yana "Buxoro"ga qarshi o'tkazamiz. Murabbiylar ko'rsatmalariga amal qilsak, "Buxoro"ni yana mag'lub etamiz.
Darvozabonlar borasida raqobat mavjud. Kim o'zini yaxshi qilsa, kimning jismoniy holati yaxshiroq bo'lsa, o'sha maydonga tushadi. Umuman olganda, bu tanlov murabbiylarga bog'liq, qarorni ular qabul qiladi", dedi 22 yoshli futbolchi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar