So’nggi yangiliklar

12:02Хуршид Ғиёсов: "Терма жамоадан чақирув олсам хурсанд бўламан ва ватан учун боримни бераман"  2 11:35"Барселона" де Йонг билан янги шартнома борасида музокаралар олиб бормоқда  1 11:16Авазбек Ўлмасалиев: "Буёғига Суперлигада осон баҳслар бўлмайди"  0 10:47АПЛнинг учта жамоасига "Реал" футболчиси керак  3 10:20Неймар яна жароҳат олди  4 09:53Романо Мессининг "Интер Майами"даги келажаги ҳақида фикр билдирди  1 09:25Футзал. Бугун терма жамоамиз Осиё кубоги саралашидаги юришини бошлайди  0 08:56Аморим: "Рим Папаси ҳам мени қароримни ўзгартиришга мажбур қила олмайди"  9 08:28Опта. EЧЛда чемпионлик учун асосий даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  8 08:00Легионерлар. Ўрунов жамоаси дуранг ўйнади. Мозговойнинг жамоаси эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  1 07:33Суперлига. Бугун Фарғонада тур ўйини бўлиб ўтади  13 06:40Суперлига. "Шўртан" – "Пахтакор" 0:0  2 01:50Рубен Аморим: "МЮдаги босим бошқа клублардагидан ҳам кўп"  7 01:07Саудия Арабистони. Марказий ўйинда "Ал Аҳли"дан суперкамбэк!  10 00:51Микель Артета "Манчестер Сити"га қарши ўйин ҳақида: "Арсенал" ўз даражасига баҳо бериши мумкин"  5

Hamidjon Aktamov: "75 daqiqa davomida xato qilmay yakunda baribir yutqazdik" Yangiliklar

Hamidjon Aktamov: "75 daqiqa davomida xato qilmay yakunda baribir yutqazdik"

Superliganing 19-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Qizilqum" (3:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Hamidjon Aktamov o'z fikrlarini bildirdi.




"O'yin qiziqarli o'tdi. Ko'rdinglar, himoyaga yotib olmadik, hujumlar uyushtirdik. Ikkita oddiy xatolardan keyin gollar o'tkazdik. 75 daqiqa davomida xato qilmay yakunda baribir yutqazdik, "Paxtakor" baribir xato qilishga majbur qildi. Bugun biz ham mag'lub bo'lishni xohlamagandik", - deydi Aktamov. 

- Nesterov bugun ham, oldingi o'yinlarda ham yaxshi o'ynadi. Uni keyingi mavsumda ham "Qizilqum"da ko'ramizmi?

- Hali oldinda Superliganing bir qancha turlari, keyin Kubok bahslari bor. To'g'ri Nesterov jamoamizga yordam bermoqda, uning oldida 10 nafar futbolchi ham bor. Hozircha keyingi mavsum haqida o'ylaganimiz yo'q.

- Ibrohim Tomiva "Qizilqum"ga kelganida gollar urgandi, so'nggi bahslarda esa o'yinida pasayish bo'ldi. Birinchi davrada Makkartni Nevaseb ham shunday bo'lgandi...

- To'g'ri bugun Ibrohimda qulay imkoniyatlar bo'ldi. Oyog'idan olgan jarohati hali to'la tuzalmagan. Hujumdagi muammolar tufayli uni maydonga tushiryapmiz.

- Zaxirada Vohid SHodiev ham bor...

- SHodievda ham sog'lig'ida muammolar bor. SHu bois maydonga tushmayapti.

- Tachmurad Agamurodov jamoadan ketganmi?

- Yo'q. Agamurodov maslahatchi murabbiy sifatida ishlamoqda. Birga ishlaymiz. To'g'ri zaxira o'rindig'ida emas, tepada o'tirdi.

- Kasminin nima uchun bugun o'ynamadi?

- Uning ham sog'lig'ida muammo bor. Agar u maydonga tushganida bizga yordam bergan bo'lardi. Bugun sog' yurgan odam ertaga virusni yuqtirib olayapti. Bu virus O'zbekistondan, butun dunyodan yo'q bo'lishini xudodan so'rayman. Faqat futbol emas, barcha sohalarga tasir qilmoqda.


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика