So’nggi yangiliklar

10:38Ханс-Дитер Флик ПСЖдан учралган мағлубиятга изоҳ берди  7 10:05Гвардиола "Монако"га қарши учрашувдан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  0 09:37"Реал"чилар қайтишди. Бразилия терма жамоасининг октябрь ойидаги ўйинлари учун таркиби эълон қилинди  1 09:10Sofascore. Ашурматов "Истиқлол"да дебют баҳсидаги ҳаракатлари учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 08:44EЧЛ. Ҳафта футболчисига кимлар номзод?  12 08:21Sofascore. "Андижон" футболчилари кечаги учрашувдаги ҳаракатлари қандай баҳоланди?  3 07:53Винисиус Жуниор дунёнинг энг кўп маош олувчи футболчисига айланиши мумкин  1 07:15ОЧЛ-2. "Андижон" – "Ал Аҳли" 0:0   1 02:10ЕЧЛ. "Арсенал", "Боруссия Д" ва "Наполи"да ғалаба "Юве"да дуранг ва бошқа натижалар  17 02:00ЕЧЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда "Монако" билан дуранг ўйнади  6 01:55ЕЧЛ. ПСЖ Рамушнинг охирги дақиқалардаги голи эвазига "Барселона"ни мағлубиятга учратди  173 01:20ОЧЛ 2. "Ал Ҳалдия" ўз уйида "Арқадағ"ни мағлубиятга учратди. "Андижон" жойлашган гуруҳда ҳолат қандай?  4 01:01Сардор Азимов: "Биринчи бўлимда гол уришни мақсад қилгандик. Жамоада муҳит аъло даражада"  3 00:31"Барса" тез орада де Йонг билан шартномани узайтиради  0 00:06ЕЧЛ. "Ньюкасл" йирик ғалаба қайд этди, "Қорабоғ" "Копенгаген"ни енгди  3

Hal qiluvchi bosqichda uchinchi savatchadan o'rin olamiz, agar... Yangiliklar

Hal qiluvchi bosqichda uchinchi savatchadan o'rin olamiz, agar...

12 aprel kuni Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida JCH-2018ning hal qiluvchi bosqichiga qura tashlash marosimi bo'lib o'tadi.

Agar terma jamoamiz 24 va 29 mart kunlari bo'lib o'tadigan ikkita o'yinda g'alaba qozonadigan bo'lsalar, FIFA reytingida 549 ochko jamg'arish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Ayni paytda hisobimizdagi ochkolar 484ta bo'lib, Osiyoda ettinchi pog'onadan joy olib turibmiz. Hozircha bu to'rtinchi savatcha degani.

Ammo qitada to'rt va beshinchi o'rinlarni egallab turgan Saudiya Arabistoni hamda BAA terma jamoalari 29 mart kuni o'zaro to'qnash keladilar. Bu o'yinda BAAni faqat g'alaba qoniqtiradi. Bu ham guruhdagi vaziyatni o'nglash uchun ham, teparoq savatchadan o'rin olishga. Agar BAA g'alaba qozonadigan bo'lsa, o'z o'zida Saudiya Arabistoni terma jamoasi FIFA reytingida O'zbekiston terma jamoasida quyiga tushib qoladi. Agar Saudiya Arabistoni g'alaba qozonadigan bo'lsa, u holda 5-o'rindagi BAA bilan O'zbekiston o'z o'rinlarini almashadi. 

Yana bir qiziq jihati shundaki, 4 yil avvalgi natijalarni bekor qilishini tufayli, Avstraliya Janubiy Koreyadan o'tib ketish imkoniyatiga ega. Buning uchun Avstraliya Iordaniya va Tojikiston terma jamoalarini mag'lubiyatga uchratsa kifoya.

Xullas mart oyi natijalari savatchalardagi vaziyatni tubdan o'zgartirib yuborishi mumkin. Saudiya Arabistoni va BAA terma jamoalarini o'zaro o'yinlarini hisobga olgan holda, tur o'yinlarida hech qanday sensaciya bo'lmasa savatchalar quyidagicha taqsimlanadi.

"A" variant: 

Savatcha #1

Eron - 672

S.Arabistoni - 631

Savatcha #2

Avstraliya - 601

J.Koreya - 588

Savatcha #3

Yaponiya - 577

O'zbekiston - 549


"B" variant

Savatcha #1

Eron - 672

Avstraliya - 601

Savatcha #2

J.Koreya - 588

Yaponiya - 577

Savatcha #3

BAA - 571

O'zbekiston - 549


Ko'rib turganingizdek, biz uchun BAA - Saudiya Arabistoni uchrashuvida mexmonlarning g'alabasi manfaatliroqdir. SHunday bo'lgan taqdirda, biz Yaponiya bilan bir guruhdan joy olmasligimiz mumkin. Aksincha, Yaponiya va Janubiy Koreya terma jamoalariga Saudiya Arabistoni terma jamoasini g'alabasi maqul keladi. SHunda ular o'zaro to'qnash kelmaydilar. BAA va Saudiya Arabistoni o'rtasidagi o'yinda durang qayd etilsa, "S" varianti kelib chiqadi?


"S" variant

Savatcha #1

Eron - 672

Avstraliya - 601

Savatcha #2

J.Koreya - 588

Yaponiya - 577

Savatcha #3

S.Arabistoni - 559

O'zbekiston - 549



Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика