Hamidjon Aktamov: “Yaxshi o'yin ko'rsatib yutqazdik”
19 mar 2018 03:15
Yangiliklar
Hamidjon Aktamov: “Yaxshi o'yin ko'rsatib yutqazdik”
- O'yin bo'yicha yutqazmadik, deb o'ylayman. SHunchaki omadimiz kelmadi. Birinchi taymda, hisob 0:0 paytida ikkita qulay vaziyat golga aylanmadi. Yaxshi o'ynab yutqazdik. Yigitlarga etirozim yo'q. Bugun bosh murabbiy sifatida oxirgi o'yinni o'tkazdim.
Bu futbol, omad va omadsizlik yonma-yon turadi. Qo'limdan kelganicha jamoani yuqoriga ko'tarishga intildim. Buni tushungan, tushunadi. Bir kishiga hamma ishni bajarish qiyinchilik tug'dirar ekan. Afsuski, hozircha chet eldan tajribali murabbiy taklif etishga imkoniyatimiz yo'q. SHu bois bundan buyon jamoada Yuriy Pavlovich Lukin bosh murabbiylikni davom ettiradi. Ilgari hech qachon mavsumni bu qadar yomon boshlamagandik. Ammo har qanday qiyinchilikniyam oxiri bo'ladi. Futbolchilarga qo'ldan kelgancha barcha imkoniyatlarni yaratishga harakat qilayapmiz. Mavsum endi boshlandi. O'ylaymanki, asta-sekin yaxshi natijalarni ham qo'lga kirita boshlaymiz.
"Qizilqum" matbuot xizmati.
Fikrlar