So’nggi yangiliklar

22:58Ўзбекистон U17 термаси Ирландияга қарши ўйин олдидан машғулот ўтказди ГАЛЕРЕЯ  0 22:23Виталий Левченко: "Бундай майдонда ижодкор футбол намойиш эта олмайсиз"  16 22:10Суперлига. "Бухоро" – "Нефтчи" 1:1   1 21:55Миржалол Қосимов: "Ҳозир майдонга чиқиб ундоқ қиламан-бундоқ қиламан деган билан иш битмайди"  2 21:37Лени Йоро "Реал"га эмас, "Манчестер Юнайтед"га ўтганидан афсусланмайди  3 21:23Туркия. "Генчлербирлиги" - "Истанбул Башакшеҳир" баҳси асосий таркиблари маълум!  11 21:12Шерзод Жўраев: "Насаф" билан бошқача ўйин кўрсатгандик, бугун эса бошқа жамоага айланиб қолдик"  12 20:51Испаниянинг Грузия ва Туркияга қарши баҳслар учун қайдномаси маълум қилинди  0 20:20Бенито Муссолинининг чевараси билан тўп тепаётган Жейми Варди Италияда футболдан завқ олмоқда  2 20:01Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди  175 19:55Суперлига. ОКМК ўз майдонида "Навбаҳор"дан ишончли ҳисобда устун келди  21 19:35Франция терма жамоаси ЖЧ саралаш учрашувлари учун қайдномасини эълон қилди  2 18:58Рюдигер "Челси"га қайтиши мумкин  2 18:31"Барселона" собиқ устози "Атланта" бош мураббийи этиб тайинланди  0 17:56"Навбаҳор" қарзларидан қутулди  11

Hakim Fuzaylov: "To'p darvozaga kirishni istamadi" Yangiliklar

Hakim Fuzaylov: "To'p darvozaga kirishni istamadi"

Pro liganing 8-turidan o'rin olgan "Buxoro" - "G'ijduvon" (1:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Hakim Fuzaylov fikrlarini bildirdi.




- O'yin haqida gapiradigan bo'lsam, biz ushbu o'yinda etakchi sifatida, mehmonlar esa autsayder maqomida maydonga tushishgan edi. Xaqiqiy »buxorocha« derbi desam, mubolag'a bo'lmaydi. Raqib o'yin boshida gol urib olgach, qolgan vaqtni maydonda yotib olish bilan o'tkazdi. SHunga qaramay juda ko'p vaziyatlar yaratdik, afsus to'p darvozaga kirishni xoxlamadi. Menimcha, yaratgan vaziyatlarimiz 3 ta o'yinga etarli edi. SHunaqa o'yinlar ham bo'lib turadi.

Afsus, nimalar bo'lganini qaytadan ko'rib chiqib, xatolarimizni ko'zdan kechiramiz. Superliga yo'llanmasi uchun kurashayotgan jamoalar bilan kurashni davom ettiraveramiz, har bir ochko uchun kurashamiz.

- SHavkat Salomovning qizil kartochka olganiga kelsak, menga hozir qiyin ushbu vaziyat uchun baho berishga, lekin SHavkatning raqib futbolchisiga qo'pol harakati albatta bu xunuk holat, biz buni ko'rib chiqib tahlil qilamiz. Tarkibimizda, 20 ta futbolchi bor »Andijon« bilan bo'lib o'tadigan o'yinga munosib tayyorlanamiz. 

- Autsayder bilan o'yinlarda bo'shashish kerak emas. Ikkinchi bo'limda 10ga yaqin golli vaziyat yaratdik. SHavkat yutqazishni yoqtirmaydi. Uning xarakteri shunday. Bu - futbol. To'p darvozaga kirishni istamadi. Autsayderlarga qarshi uchrashuvlarda bunday holatlar uchraydi.  Yozgi tanaffusda Superliga darajasidagi hujumchi, markaziy yarim himoyachi, qanot yarim himoyachisi olishimiz kerak. Tarkib kuchaytirilishi lozim. Sidorenko va Marchuk bu yil legioner sifatida qoniqtirmayapti. Vaholanki, ular o'tgan yili "Dinamo"ga katta yorjam berishgandi.

Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика