Hakim Fuzaylov: "Pro ligada istalgan jamoa kutilmagan "sovg'a" tayyorlashi mumkin"
27 mar 2022 20:10
Yangiliklar
Hakim Fuzaylov: "Pro ligada istalgan jamoa kutilmagan "sovg'a" tayyorlashi mumkin"
O'yindan keyingi matbuot anjumanida "Buxoro" jamoasi bosh murabbiyi Hakim Fuzaylov ishtirok etdi.
"Pro ligada hech bir o'yinda bo'shashishga haqqimiz yo'q. O'yindan ikkita xulosa oldim. Birinchi bo'limda agressiv harakat qilishimiz natijasida hisobni ochdik. SHundan keyin pasayish kuzatildi. Futbol bunday xatolarni kechirmaydi. Ikki ochko yo'qotdik. Kurash davom etadi. Yo'qotilgan ochkolarni topish oson bo'lmaydi.
Maqsadimiz – Superligaga chiqish. Meni shuning uchun taklif qilishdi. Oldinda o'yinlar ko'p. Kurash to'xtamaydi. Uyda imkoniyatdan foydalana olmaslik, alamli, albatta. Xavotirli joyi yo'q. Pro ligada istalgan jamoa kutilmagan "sovg'a" tayyorlashi mumkin.
Zaxiradan maydonga tushgan futbolchilarga kelsak, "Buxoro" futbolining afsonasi SHavkat Salomovning harakatlari yoqdi. Qolganlar ham o'zini ko'rsatishga harakat qilishdi", – dedi Hakim Fuzaylov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-23 Осиё Кубоги. Эрон билан дуранг ўйнадик. Гуруҳдан чиқиш масаласи охирги турга қолди
"Барселона" Испания Суперкубоги финалида "Реал"ни мағлуб этиб, бош совринни қўлга киритди
Бугун Испания Суперкубоги финали доирасида “Эл класико” бўлиб ўтади
Эронга қарши учрашувдан сўнг Равшан Ҳайдаров нималар деди?
Fikrlar