Hakim Fuzaylov: "Paxtakor" mahorat tomonlama bizdan ustun keldi"
23 okt 21:35
Yangiliklar


Hakim Fuzaylov: "Paxtakor" mahorat tomonlama bizdan ustun keldi"
- O'yin haqida fikringiz?
- "Paxtakor" kuch jihatdan bizdan ustun, buni tan olish kerak. Ular bugun mahorat evaziga yutib ketishdi. Raqibni g'alaba bilan tabriklayman. Afsuski, ochko yo'qotdik, lekin hali kurash to'xtamadi. Chempionat tugashiga to'rtta tur qoldi. Imkoniyat bor ekan, oxirigacha kurashamiz va jamoani Superligada olib qolish uchun bor kuchni beramiz.
- Ikkinchi bo'limda ustunlik "Paxtakor" tomonga o'tdi. "Xorazm"ga nima etishmadi deb o'ylaysiz?
- Funkcional kuchli emasligimiz ko'rindi. Yana bir jihat, "Paxtakor"da terma jamoaga nomzod o'yinchilar ko'p va bu ham o'z so'zini aytadi. Qolaversa, iroqlik va eronlik legioneri bor, ular ham yaxshi o'yinchi. Bu ham o'yinga tasirini ko'rsatdi. Afsuski, bizda zaxira o'rindig'imiz keng emas, chempionat oxirlariga kelib o'z tasirini ko'rsatmoqda. Lekin "jang" qilishda davom etyapmiz, hech bir o'yinda qo'l qovushtirib qarab turganimiz yo'q. Aytganimdek, jamoamiz kelasi yil ham Superligada o'ynashi uchun bor imkoniyatni ishga solamiz.
- Shahram Samiev keyingi o'yinda maydonga tusha olmaydi.
- Ha, u qizil kartochka oldi, biroq nechta o'yin berishlarini bilmaymiz. Qarshilik har ikki tomondan bo'ldi va hakam har ikki jamoa futbolchisini jazoladi. Komissiya ko'rib chiqib ikki yo uchta o'yin bersa kerak. Vaziyatga qarab Ahrorov, Bobojonov, Ismoilov kabi futbolchilarni maydonga tushiramiz.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar