So’nggi yangiliklar

13:58Суперлига. Плей-офф: "Арал" "Бухоро" билан рўбарў келмоқда (онлайн ҳисоб)  9 13:39Шомуродов рамзий жамоадан жой олди  0 12:40TVCOM'да бугунги тақвим: Суперлигага ўтиш ўйини, “Челси” сафарда ва бошқалар  1 12:38"Рома" Дибаланинг жамоадаги келажаги бўйича қарор қабул қилди  0 12:10Санжар Қувватов собиқ жамоасига қайтди  7 11:43Водий клублари Ўзбекистон МТЖ аъзосига даъвогарлик қилмоқда  4 11:18Ўзбекистонлик футболчи Косовога йўл олмоқда  2 10:42Алонсонинг ўрнига яна бир даъвогар пайдо бўлди  4 10:15"Навбаҳор" келаси мавсум уй учрашувларини қайси стадионда ўтказиши маълум  13 09:46Кечаги аламли натижадан сўнг Аморим нималар деди?  3 09:18ОКМК етакчиларидан бир легионер бўлишга яқин  4 08:50The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди  12 08:17"Андижон" етакчиларидан бир фаолиятини Тошкентда давом эттиради  3 07:46Суперлига плей-офф. Бугун келаси мавсумнинг сўнгги Суперлига иштирокчиси аниқланади  15 03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  1

Hakim Fuzaylov: "O'yinimiz menga yoqdi, ammo natija yoqmadi" Yangiliklar

Hakim Fuzaylov: "O'yinimiz menga yoqdi, ammo natija yoqmadi"

Pro liganing 19-turidan o'rin olgan "Turon" - "Buxoro" (2:2) uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi Hakim Fuzaylov o'z fikrlarini bildirdi.





"O'yin keskin o'tdi. O'ylashimcha biz o'yinda ustunlikka erishdik. O'yinimiz menga yoqdi, ammo natija yoqmadi. Vahimali hech narsa bo'lmadi, o'z oldimizga qo'yilgan vazifa - Superligaga chiqish uchun kurashishda davom etamiz", - dedi Hakim Fuzaylov. 

- 77-raqamdagi futbolchi juda faol o'ynayotgandi, ammo uni almashtirdingiz...
- Fayzullo Jumanqo'zievni raqiblar ko'p bor yiqitishdi, shifokorlar unga necha bor yordam berishdi. To'g'ri u faol bo'ldi, golli pas berdi. O'yin anchagina keskin va to'qnashuvlarga boy bo'ldi. Hali oldinda o'yinlar ko'pligi uchun uni asrashga qaror qildim.

- Bugun legioner hujumchi Song Longji maydonga tushmadi...
- Bugun hujumchi Ro'zimboy Ahmedov ancha faol o'ynadi va gol urdi. Hujumda havoda ham, erda ham kurashlarda g'olib chiqdi. Yarim himoyachilarga katta yuklama tushdi. SHu bois Song Longjini maydonga tushirmadim.

- So'nggi daqiqalarda hakam bilan tortishib, sariq kartochka oldingiz. O'sha vaziyatda penalti bor edi deb hisoblaysizmi?
- Men vaziyatga yaqin turgandim, hakam esa mendan ham yaqinroq edi. To'p notabiiy holatdagi qo'lga tekkanini ko'rdim. Ammo PRO ligada VAR yo'q. Hakamlarni tekshiradigan komissiya bor. Ularning xulosasini kutamiz.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика