So’nggi yangiliklar

02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  18 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дуне асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  2 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  6 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  45 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1 22:38"Тоттенхэм” испаниялик футболчи учун 70 млн евро таклиф қилди  0 22:10Саудия Арабистони шаҳзодаси "Барселона"ни сотиб олиши мумкин  21 21:39А Серия. "Наполи" меҳмонда "Удинезе"га мағлуб бўлди  1 21:09АПЛ. "Ман Сити" йирик ғалабага эришди, Ҳусанов захирада қолдирилди, "Тоттенхэм"да эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  37 20:10Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Трактор" ғалабага эришди, Ўрунов ва Ҳамробеков майдонда ҳаракат қилишди  1 19:31Ўзбекистонлик ҳакамлар “SEA Games Thailand 2025” мусобақасида фаолиятини давом эттиради  2 19:04А Серия. "Милан" 77-дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда, ўз уйида "Сассуоло"ни мағлуб этолмади  8

Hakim Fuzaylov: "Muxlislarimizni 15 yil kutilgan g'alaba bilan tabriklayman" Yangiliklar

Hakim Fuzaylov: "Muxlislarimizni 15 yil kutilgan g'alaba bilan tabriklayman"

Superliga-2025 1-turidan o'rin olgan "Xorazm" - "Sho'rtan" (2:0) bahsidan so'ng "Xorazm" bosh murabbiyi Hakim Fuzaylov o'yindan keyingi matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Futbolchilarimdan minnatdorman. Mening fikrimcha, aprel oyiga qadar shunday o'yinlar guvohi bo'lamiz. Superliga darajasi ancha yuqori. Biz 15 yil deganda eng yuqori divizionga qaytdik. Bu juda yoqimli holat. Viloyat rahbarlariga va klub mutasaddilariga rahmat aytaman. Shuningdek, muxlislarimizni 15 yil kutilgan g'alaba bilan tabriklayman" - dedi Hakim Fuzaylov bugungi o'yin haqida.

- "Xorazm" jamoasi yangi mavsum startidan oldin o'z safiga bir nechta tajribali futbolchilarni qo'shib oldi. Jamoa amalga oshirgan transferlardan va yig'ilgan tarkibdan qanchalik ko'nglingiz to'lmoqda? Bugun jamoangiz namoyish etgan o'yindan qanchalik qoniqdingiz?

- Biz jamoa tarkibini to'liq yangiladik. Yigitlarda o'yinni oldindan o'qishi va bir-birining harakatlarini tushunishda muammolar kuzatilmoqda. Hozirgi kunda deyarli barcha jamoalarning holati teng, deb o'ylayman. Biz 18ta yangi futbolchini jalb etdik, bu yangi jamoa tuzganimizdan dalolat. Vaqt o'tishi bilan "Xorazm" jamoasining o'yini yaxshilanib boraveradi. Bunga faqat biroz vaqt kerak.

- Jamoa yangi mavsumda o'z oldiga qanday maqsadlar qo'ydi?

- Oldindan bir narsa deyish qiyin. Ishtaha taom ustida keladi deyishadi. Chempionat qizg'in pallaga kirganida, bir to'xtamga kelamiz. Biz 15 yillik tanaffusdan so'ng yana yuqori divizionga qaytdik. Menimcha, ligada jon saqlab qolishimiz dastlabki maqsadimiz bo'lishi kerak.

- Barcha murabbiylar dastlabki turlar qiyin kechadi deb aytishmoqda. Siz ham shu haqda gapirib o'tdingiz. "Xorazm" jamoasi o'zining eng yaxshi o'yinini namoyish etishi uchun yana qancha vaqt kerak bo'ladi?

- Buni taqvimga qarab aytishim mumkin. Mart oyida biz uchta o'yin o'tkazamiz. Aprel oyida esa Kubok bahslari ham boshlanadi, aprelda ettita bahsda ishtirok etamiz. Taxminan, may oylarida jamoa ancha etilib qoladi deb o'ylayman.




Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика