So’nggi yangiliklar

11:18Ўзбекистонлик футболчи Косовога йўл олмоқда  0 10:42Алонсонинг ўрнига яна бир даъвогар пайдо бўлди  2 10:15"Навбаҳор" келаси мавсум уй учрашувларини қайси стадионда ўтказиши маълум  5 09:46Кечаги аламли натижадан сўнг Аморим нималар деди?  2 09:18ОКМК етакчиларидан бир легионер бўлишга яқин  2 08:50The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди  12 08:17"Андижон" етакчиларидан бир фаолиятини Тошкентда давом эттиради  3 07:46Суперлига плей-офф. Бугун келаси мавсумнинг сўнгги Суперлига иштирокчиси аниқланади  14 03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  1 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  12 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  11 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  4 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  3

Hakim Fuzaylov: "Jamoam namoyish etgan o'yindan uyalmayman" Yangiliklar

Hakim Fuzaylov: "Jamoam namoyish etgan o'yindan uyalmayman"

Superliga 11-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Xorazm" (2:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Hakim Fuzaylov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Biz qiyin o'yin bo'lishini kutgan edik. "Paxtakor" murabbiy almashganidan so'ng boshqacha futbol o'ynamoqda. So'nggi uch turda jamoa 15ta gol urdi va bor-yo'g'i 3ta gol o'tkazib yubordi. Jamoam namoyish etgan o'yindan uyalmayman. Biz raqib hujumlariga o'z hujumlarimiz bilan javob bera oldik. Yaratgan vaziyatlarimizdan foydalana olmadik. Yana bir bor so'nggi soniyalarda gol o'tkazib yuborgan holda mag'lub bo'lyapmiz" - deydi Hakim Fuzaylov bugungi bahs haqida.


- "Paxtakor" birinchi bo'limda ko'plab hujumlar uyushtirdi va "Xorazm"ni himoyalanishga majbur qila oldi. Tanaffusdan keyin esa "Xorazm" ko'plab vaziyatlar yaratdi va mening nazarimda ustunlik qildi. Tanaffusda futbolchilarga nimalar dedingiz? Jamoangiz ikki xil taym o'tkazganining sababi nimada?

- Biz "Paxtakor" hozir yaxshi formada ekanligini bilar edik. Ikkinchi bo'limda ko'proq to'pga egalik qilishimiz kerakligi haqida aytdim. Shundan so'ng vaziyatlarga ega bo'la boshladik. Afsuski, imkoniyatlarimizdan foydalana olmaymiz. Bu bizning kasalimiz. Agar yana gol ura olganimizda "Paxtakor" g'alaba qozonishi yanada qiyinlashgan bo'lar edi.



- O'yin boshlanishidan avval Shahrom Samiev asosiy tarkibdan tushib qoldi. U o'yindan oldin jarohat oldimi?

- Ha. Chigil yozdi mashg'ulotlarida jarohat oldi. Endi ertaga shifokor ko'rigidan o'tishi kerak bo'ladi.

- Oldinda FIFA kunlari bor. Ushbu tanaffusdan qanday foydalanmoqchisiz?

- Bizda katta tanaffus bo'lmaydi, sababi biz "Qizilqum"ga qarshi qoldirilgan o'yinni o'tkazamiz. Chempionatda endi 10ta o'tkazildi, oldinda hali 20ta uchrashuv bor.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика