So’nggi yangiliklar

00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  0 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  2 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  1 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  2 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  3 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  3 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  6 20:00"Арсенал" ҳимоячиси Саудия Арабистони клублари қизиқишини инкор этди  1 19:38"Манчестер Сити" футболчисини 40 млн еврога сотмоқчи  0 19:16"Сурхон" тажрибали дарвозабонини "Хоразм"га ижарага берди  7 18:55Оливер Кан телевидениега қайтмоқда  3

Hakim Fuzaylov boshchiligidagi "Istiqlol" haqida Yangiliklar

Hakim Fuzaylov boshchiligidagi "Istiqlol" haqida

Bugun, 12 fevral kuni Osiyo chempionlar ligasi saralash bosqichida AGMK klubi Olmaliqda Tojikistonning "Istiqlol" klubi bilan o'ynaydi.

Dushanbening "Istiqlol" klubi 2018 yilgi mavsumni 21ta o'yinda 51 ochko to'plab, chempionlikka erishdi. Jamoa oxirgi besh yilda Tojikiston chempionligini hech kimga bermay kelmoqda.
Mazkur klub Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichida hech qachon ishtirok etmagan. OFK kubogida esa 2015 va 2017 yillarda finalga qadar etib borgan.

"Istiqlol" 2018 yil Tojikiston kubogi finalida "Regar-TadAz" klubini 1:0 hisobida mag'lub etib, ettinchi marta mamlakat kubogi sohibiga aylandi. Bu Tojikiston klublari uchun mutloq rekord hisoblanadi.

Jamoani ayni vaqtda o'zbekistonlik futbol muxlislariga yaxshi tanish Hakim Fuzaylov boshqarmoqda. Hakim Qayumovich 2018 yilning 3 dekabr kuni “Istiqlol” bosh murabbiyi etib tayinlangan.



Bugungi kunda jamoa yulduzi Ehsoni Panshanbe hisoblanadi. Yosh bo'lishiga qaramay tezda klubning asosiy o'yinchisiga aylanib oldi. 1999 yilda tug'ilgan yarim himoyachi 2018 yilda Tojikistonning eng yaxshi futbolchisi deb topilgani ham bejiz emas.

O'tgan yil jamoa hujumchisi SHeriddin Boboev 12ta gol bilan Tojikiston chempionati to'purari bo'lgan edi. Etiborlisi u ham 1999 yilda tavallud topgan.

28 yoshli tajribali yarim himoyachi Fatxullo Fatxulloev 2008 yildan buyon "Istiqlol" klubi sharafini himoya qilib kelmoqda. U 2007 yildan beri Tojikiston milliy terma jamoasi azosi hisoblanadi. Hozirga qadar terma jamoa libosida 57ta marta maydonga tushib 9ta gol uran.

Ayni paytda "Istiqlol" safida o'zbekistonlik himoyachi Jalil Kimsanov to'p tepmoqda. U "So'g'diyona", "Qizilqum", "Qo'qon-1912" va "Neftchi" klublaridagi o'yinlari bilan muxlislarga yaxshi tanish. "Istiqlol"da o'tgan yil boshqa bir hamyurtimiz Jahongir Abdumo'minov o'ynagan edi.



"ISTIQLOL" (Tojikiston)
Laqabi
: "SHerlar"
Tashkil topgan sana: 2007 yil, noyabr oyi
Uy stadioni: Respublika Markaziy stadioni
Sig'imi: 24000 tomoshabin
Klub prezidenti: SHoxrux Saidzoda
Bosh murabbiy: Hakim Fuzaylov
Klub rasmiy sayti: fc-istiklol.tj
Texnik homiy: Joma

Sovrinlari
Tojikiston chempioni -
7 marta
Tojikiston kubogi sohibi - 7 marta
Tojikiston futbol Federaciyasi kubogi sohibi - 4 marta
Tojikiston Superkubogi sohibi - 7 marta
OFK Prezidenti kubogi sohibi - 1 marta



"Istiqlol" tarkibi:
Darvozabonlar

1.Rustam Yatimov
22.Nikola Stoshich
36.Behruz Xayriev

Himoyachilar

2.Jalil Kimsanov (O'zbekiston)
3.Tabrizi Davlatmir
4.Baxtiyor Qalandarov
5.Iskandar Jalilov
6.Firuz Karaev
19.Ahtam Nazarov
21.Oleksey Larin (Ukraina)

Yarim himoyachilar

7.Mixaylo Cakich (Serbiya)
8.Nuriddin Davronov
10.Alisher Jalilov
11.Muhammadjon Rahimov
13.Nozim Bobojonov
17.Ehsoni Panshanbe
18.Fatxullo Fatxulloev
20.Amirbek Jo'raboev
70.SHahrom Sulaymonov

Hujumchilar

9.Sulaymon Muxadov (Turkmaniston)
14.SHeriddin Boboev
23.SHahrom Samiev
28.Kamron Tursunov




AGMK

Dilshod Djuraev - 25', Sanat Shikhov - 72', Jasurbek Khaqimov - 78', Zafar Polvonov - 82'

AFC Champions League Qualification . 1/2-tur

12/02/2019, 16:00

2
:
4
Tugadi

FC Istiklol

Muhammadjon Rahimov - 2', Jalil Kimsanov - 62'

45'
90'
25'  Dilshod Djuraev
72'  Sanat Shikhov
78'  Jasurbek Khaqimov
82'  Zafar Polvonov
2'  Muhammadjon Rahimov
62'  Jalil Kimsanov

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика