So’nggi yangiliklar

08:28Сергеев учун яна бир даъвогар пайдо бўлди  1 08:00"Динамо" легионери "Бунёдкор" ёки "Андижон"га ўтиши мумкин  0 07:30Хато тан олинди: "Арсенал" дарвозасига пенальти белгиланиши керак бўлган  2 02:58АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади  11 01:23Габон термаси тарқатиб юборилди  1 00:45Жалолиддин Машарипов: "Жароҳат олмадим"  10 00:27АПЛ. "Ливерпуль" "Лидс"ни яна мағлуб эта олмади, дербида ҳам дуранг  6 00:13"Челси" бош мураббийлиги учун асосий номзод номи маълум бўлди  4 23:56"Челси" собиқ футболчиси: "Марескага ачиндим"  0 23:31"Манчестер Юнайтед" "Кристал Пэлас" футболчисини сотиб олмоқчи  6 23:11Муҳсин Муҳаммадиев вафот этди  15 22:58"Астон Вилла" Алиссон билан шартнома имзолади  1 22:27"Насаф" икки футболчиси билан ҳайрлашди  4 22:11"Бавария" посбони Англияда ўйнайди  0 21:51Гвардиоланинг ўрнида ким ишлайди?  0

Hakamlik bo'yicha rossiyalik ekspertimizdan Superliganing 24-turidagi bahsli vaziyatlar tahlili Yangiliklar

Hakamlik bo'yicha rossiyalik ekspertimizdan Superliganing 24-turidagi bahsli vaziyatlar tahlili

Championat.Asia'ning hakamlik bo'yicha eksperti, rossiyalik sobiq hakam Anatoliy Sinyaev ("Alyo, ref!" telegram kanali) Superliganing 24-tur o'yinlaridagi bahsli vaziyatlarni tahlil qildi.

✅ OKMK – "Turon"

VIDEO

Notabiiy holatda turgan qo'l bilan o'yin. VAR'ning o'yinga to'g'ri aralashuvi. Hakamning ajoyib poziciyadan o'yindagi folni ko'rmagani g'alati. Sariq kartochkasiz 11 metrlik zarba - to'g'ri qaror.


✅ OKMK – "Turon"

VIDEO

Hakamning xato qilganiga hech qanday yaqqol isbot yo'q. Assistent chiziqda turibdi va vaziyatni nazorat qilmoqda. Uning qaroriga ishonish kerak. Savolga aniq javob berish uchun hattoki Angliyada ham yo'q bo'lgan to'g'ri darvoza chizig'i bo'ylab kameralar kerak. SHu sabab hakam yordamchisining qarori asosiysi.


✅ "Neftchi" - "Olimpik"

VIDEO

Himoyachi qo'llari holati uchun javobgarlikni o'z bo'yniga oladi. Hech kim uni qo'li hisobiga tanasini kengaytirgan holda raqibining libosidan ushlashga majbur qilgani yo'q. To'p shunday qo'lga tegdi. Bu kartochkasiz penalti. VAR'ning to'g'ri aralashuvi. Birinchi vaziyatdan farqli ravishda maydondagi hakamni tushunish oson: jarima maydonchasida juda ko'p o'yinchilar, vaziyatni ko'rish qiyin.


✅ "So'g'diyona" - "Buxoro"

VIDEO

O'yin epizodi. Ikki o'yinchi to'pga intilmoqda, biri boshqasidan o'tib ketmoqda va shundan so'ng qochib bo'lmas o'yin to'qnashuvi yuzaga kelmoqda. Hakamni qo'llab-quvvatlaymiz: sariq kartochka shart emas.


❌ "So'g'diyona" - "Buxoro"

VIDEO

Yotgan futbolchiga kelgan ko'k libosdagi o'yinchi keyinchalik kattaroq qarama-qarshilikni yuzaga keltirishi mumkin bo'lgan sportga xos bo'lmagan harakatlari uchun sariq kartochkaga loyiq.

Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика