Hakam: "Luis Suares "Espanol" futbolchilarini axlat deb atab, ularning jahlini chiqardi"
07 jan 2016 10:39
Yangiliklar
Hakam: "Luis Suares "Espanol" futbolchilarini axlat deb atab, ularning jahlini chiqardi"
"Barselona" va "Espanol" o'rtasidagi Ispaniya Kubogining 1/8 final birinchi bahsida (4:1) yuz bergan mojaro hakam Xuan Munueruning xushtagidan so'ng ham yakunlanmadi.
Janjal ikki jamoa futbolchilari uchrashgan tribunaosti yo'lida davom etdi. Mnunueruning o'yin hisobotida Luis Suares bu mojaroga sabab bo'lgani yozilgan.
"Espanol" futbolchilari zinadan ko'tarilayotgan paytda Suares ularni kutib turdi va raqib o'yinchilariga qarata shunday dedi: "Men sizlarni kutyapman, buyoqqa keling. Sizlar - axlatsizlar". SHundan so'ng futbolchilar o'rtasida mushtlashuv sodir bo'ldi va xavfsizlik xodimlari hamda jamoa murabbiylari yordamida bu janjal to'xtatildi" - deydi Manueru.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Ньюкасл" "Камп Ноу"да зор йиғлаган кеча ёхуд "Барселона" чорак финалда!
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бу мавсум ҳам "Манчестер Сити"ни мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди
"Пахтакор" Суперкубок ҳакамлиги бўйича ОФКга мурожаат қилмоқчи
Суперлига. "Андижон" ўз майдонида бир киши кам "Машъал"дан устун келди
Fikrlar