Gvardiola: “Nyukasl”ga qarshi 1-bo'lim biz uchun mavsumdagi eng yomonlaridan biri”
20 dek 2021 09:05
Yangiliklar
Gvardiola: “Nyukasl”ga qarshi 1-bo'lim biz uchun mavsumdagi eng yomonlaridan biri”
APL 18-turidan o'rin olgan “Nyukasl” – “Man Siti” (0:4) uchrashuvida mezbonlar yirik hisobda mag'lubiyatga uchradi.
“Yaxshi natija, ammo o'yin emas. Bizga omad kulib boqdi. Ammo birinchi golda “Nyukasl” yaxshi himoyalana olmadi, 2-golda esa Kanseloning individual mahoratini ko'rdik. Birinchi bo'lim – jamoamiz uchun mavsumdagi eng yomonlaridan biri bo'ldi. Ikkinchi taymda esa ancha yaxshiroq ko'rindik.
Rekordlar jamoamizning qanchalar barqarorligini ko'rsatib turibdi. Bu titullar degani emas, ammo g'alabalar birin-ketin qo'lga kiritilmoqda. Rekordlar ularni zabt etish uchun mavjud va bunga erishayotganimizdan xursandman", deydi Pep Gvardiola.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди
Ла Лига. "Сельта" ва "Барселона" ўртасидаги ўйинда 6 та гол урилди, Де Йонг майдондан четлатилди
Суперлига. Бугун 3 та учрашув бор
Fikrlar