Gvardiola muammo nimadaligini aytdi
13 dek 2024 22:22
Yangiliklar
Gvardiola muammo nimadaligini aytdi
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola mavsumdagi taqvimni osonlashtirishni iltimos qildi.
"Hozirgi taqvimdagi o'yinlar doimgidan ham ko'proq. Jarohatlarning ko'pligi sababli 25-30 futbolchilik tarkibda ham etishmovchiliklar bo'lyapti. O'z navbatida moliyaviy masalalar klubni ham qiynaydi.
Yozda uch hafta davomida klublar o'rtasidagi jahon chempionatida o'ynaymiz, keyin esa birdaniga APL boshlanadi. Balki, tarkibga yanada ko'proq futbolchi olish kerakdir...
Odamlar muammo nimada deb so'rashmoqda. Muammo taqvimda. Gap futbolchida ham, fizioterapevtda yoki mashg'ulotlarda ham emas. Gap oylik jadvalda bo'lmoqda. Ertami kechmi bu barcha klublarning boshidan o'tadi. Bu haqiqat", - dedi Gvardiola.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar