Gvardiola "Liverpul"ga qarshi o'yindagi mag'lubiyat haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi
17 okt 2022 00:49
Yangiliklar
Gvardiola "Liverpul"ga qarshi o'yindagi mag'lubiyat haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi
Uchrashuvning 76-daqiqasida Muhammad Saloh tomonidan kiritilgan gol Yurgen Klopp jamoasiga principial kurashda minimal g'alaba keltirdi.
“Yaxshi o'yin o'tkazdik, biroq raqib bizni xatomiz uchun jazoladi. Bu golni o'tkazib yubormasligimiz kerak edi. Har safar "Enfild"da qadam bosganingizda, qaerga kelganingizni yaxshi anglaysiz. Afsuski, imkoniyatni boy berdik. Muxlislar menga tangalar va turli buyumlarni uloqtirishdi, lekin menga zarar etmadi. Balki keyingi safar ular aniqlikni o'rganar”, — dedi Gvardiola o'yindan keyingi intervyusida.
Bugungi muvaffaqiyatsizlikdan so'ng, "shaharliklar" turnir jadvalida peshqadamlik qilayotgan "Arsenal" bilan oradagi farq hisoblangan to'rt ochkoni qisqartira olmadi. "Liverpul" esa 13 ochko bilan 8-o'rinda bormoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Самвел Бабаян: “Сабр қилсак, “Андижон” фахрланадиган даражадаги жамоага айланади”
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Расман: Драган Черан — "Андижон" футболчиси!
Fikrlar