Gvardiola: “Jerardning 2014 yil “Enfild”da yiqilib tushishida “Man Siti”ning aybi bor yoki yo'qligini bilmayman”
12 fev 2023 09:30
Yangiliklar
Gvardiola: “Jerardning 2014 yil “Enfild”da yiqilib tushishida “Man Siti”ning aybi bor yoki yo'qligini bilmayman”
“Manchester Siti” ustozi Pep Gvardiola APL tomonidan klubga qo'yilayotgan ayblovlarga o'z munosabatini bildirdi.
“Yakuniy qaror qanday bo'lishida qatiy nazar, o'sha davrlarda boshdan kechirgan his-tuyg'ularimizni hech narsa bizdan olib tashlolmaydi. Agueroning chempionlikni keltirgan goli, Balotellini harakati va boshqa holatlar.
Jerardning 2014 yil “Enfild”da yiqilib tushishida “Man Siti”ning aybi bor yoki yo'qligini bilmayman. O'shanda Stivenni futbolchi sifatida xurmat qilganim uchun uning yiqilganidan xursand bo'lmaganman. Ammo agar bunga biz aybdor bo'lsak, unda bemalol. Hech kim bizni o'tgan lahzalardan mahrum etolmaydi”, deydi ispaniyalik mutaxassis.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar