Gvardiola jarohati sabab almashtirilgan Xolandning holati qandayligini aytdi
05 noy 2023 13:33
Yangiliklar
Gvardiola jarohati sabab almashtirilgan Xolandning holati qandayligini aytdi
"Raqibning 5 himoyachi taktikasi bilan o'ynashini kutmagandik, biz kerakli vaziyatlarni urib oldik. Ikkinchi bo'limda raqiblar bizdan ko'ra yaxshiroq ko'rina boshlashdi. Birga bir holatlarda ular agressiv bo'la olishdi. 0:3 hisobida mag'lub bo'layotgan bo'lsa-da, o'yinni tashlab yubormaydigan, birga bir holatlarda raqibdan ustunlik qilishni istaydigan jamoalarni qattiq hurmat qilaman.
Doku jamoaga tezda moslashib oldi. Gap uning faqatgina bugungi o'yinida emas, u barcha uchrashuvlarda yaxshi o'ynamoqda. Undan mamnunmiz.
Xoland? Uning to'pig'ida muammosi bor, shu sababli uni xavf ostiga qo'yishni, o'zida noqulaylik his qilishini istamadik. U balki seshanba kuni maydonga qaytishi mumkin, unday bo'lmasa, kelasi yakshanbada o'ynaydi", - dedi Gvardiola.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Расман: Ислом Тўхтахўжаев — "Андижон" футболчиси!
Fikrlar