Gvardiola: “Bu biz uchun ajoyib natija”
12 apr 2023 07:29
Yangiliklar
Gvardiola: “Bu biz uchun ajoyib natija”
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola “Bavariya”ga qarshi birinchi chorak final uchrashuvidagi g'alabasi haqida fikr bildirdi.
“Juda yaxshi o'yin bo'ldi, ikkita top jamoaning o'yiniga guvoh bo'ldik. 55-60 daqiqa davomida har ikki jamoa bir xil darajada harakat qildi. Rodri super gol urdi. Biroq biz Muciala va Gnabri qanotlarini yopishda qiyinchilikka uchradik.
Ikkinchi bo'limning dastlabki 5-15 daqiqasida raqib yaxshiroq o'ynadi va vaziyatlar yaratdi. Ammo shundan so'ng biz bir nechta narsalarni o'zgartirdik va o'yinning qolgan qismida kuchliroq ko'rindik.
Bu ajoyib natija, lekin men Myunxenda o'ynash nimani anglatishini bilaman. Ikkinchi uchrashuvda ancha yaxshiroq harakat qilishimiz uchun bir nechta narsani o'zgartirishimiz lozim bo'ladi”, — dedi Gvardiola.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar