Gvardiola "Atletiko"ning uslubi haqida berilgan savolga javob berdi
05 apr 2022 10:45
Yangiliklar
Gvardiola "Atletiko"ning uslubi haqida berilgan savolga javob berdi
"Men ushbu ahmoqona savol uchun bir sekund ham sarflamayman. Har bir jamoa g'alaba qozonishga urinadi. Ular yutishmoqdami, demak ular haq. Agar biz g'alaba qozonsak, unda biz. Farqni o'yinchilar yuzaga keltiradi.
Biz ham shunday o'ynashimiz va erishilgan natijani himoya qilishimizga to'g'ri keladi. Bu futbolning bir qismi. Ularning uslubini muhokama qilmayman, ammo Madriddagi o'yin oldidan yaxshi natijaga erishish uchun tahlil o'tkazaman.
Xunuk futbol nima degani? Mening jamoam "Old Trafford"da 1:0 hisobida g'alaba qozondi va Bernardu Silva burchakdan to'pni o'yinga kiritish uchun besh daqiqa sarfladi. Bu xunuk emas, hisobni ushlash.
Men hech qachon raqiblarning harakatini baholamayman", - deydi Gvardiola.
"Manchester Siti" "Atletiko"ga qarshi bugun Angliyada o'yin o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Fikrlar