So’nggi yangiliklar

08:58Туркияда ўйинларга пул тикиш бўйича янги тафсилотлар маълум бўлди  0 08:31"Балки биз чампион бўлармиз." Гвардиола "Ливерпуль" устидан қозонилган йирик ғалабадан сўнг  0 08:04Месси ушбу натижага эришган тарихдаги илк футболчи  6 07:36Суперлига. Бугун тур якунланади  2 03:18ЖЧ U-17. Турнир тарихидаги энг йирик ҳисоб қайд этилди  2 03:04Ла Лига. "Сельта" ва "Барселона" ўртасидаги ўйинда 6 та гол урилди, Де Йонг майдондан четлатилди  40 02:50Лига 1. ПСЖ голларга бой ўйинда 90+5 дақиқада гол уриб, "Лион"ни мағлуб этди  0 02:47А Серия. "Интер" ўз уйида "Лацио"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  5 23:28АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...  63 22:58"Милан" АПЛ юлдузини сотиб олиши мумкин  2 22:35Акмал Рустамов: "Андижон" ОЧЛда ўйнаяпти, уларга ҳам оғир"  4 22:20Суперлига. "Хоразм" - "Сўғдиёна" 0:2  0 22:12Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади  82 22:05Суперлига. "Қизилқум" – "Андижон" 2:1  0 21:50Максим Шацких: "Рақиб бутун 90 дақиқа давомида уч марта ҳужумга ўтиб, иккита гол урмоқда"  12

Gvardiola: "Arsenal" uchun har bir o'yin finalga teng, bizga esa yo'q" Yangiliklar

Gvardiola: "Arsenal" uchun har bir o'yin finalga teng, bizga esa yo'q"

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola APL doirasida "Arsenal"ga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirdi.

"Bir necha hafta oldin aytgandim: agarda mavsum yakuniga oz qolganida mag'lub bo'lsak, biz uchun barchasi tugaydi. Sentyabr, oktyabr yoki noyabr oyida bunday holatda bo'lsang, hech qanday bosimni his qilmaysan. Ayniqsa, ketma-ket ikki marta APL sovrinini yutganimizdan keyin.

APLdagi ilk mavsumimizni shunday boshlagandik - har bir o'yin finalga teng edi. Buni to'ppa-to'g'ri tushunib turibman. Hozir esa "Arsenal"ga razm solar ekanman, ular ham har bir uchrashuvga finaldek maydonga tushayotganini ko'rish mumkin. Ketma-ket ikki sovrindan keyin biz uchun APLning har bir o'yini finalga teng bo'lmayapti.

Biroq hozir, so'nggi oylar davomida Angliya Kubogi, APL va ECHLdagi o'yinlarning qanchalar qiyinlashib borayotganini hisobga olib, mavsum yakunlanib borayotganini sezyapmiz. Mavsumning yakuni yaqinlashib kelmoqda.

Va shu orqali nima uchun o'ynayotganimizni tushunib boryapmiz. Endi barchasi o'z qo'limizda. SHak-shubxasiz, "Arsenal"ning qo'lida ham. Agarda ular o'z o'yinlarini yutaversa, ularga bog'liq bo'lib qoladi. Oldimizda hali 7 o'yin bor.

Bu muhim o'yin, biroq hal qiluvchi emas. CHunki oldinda bizni bir-biridan qiyin uchrashuvlar kutib turibdi. Ammo ularning muhimlilik darajasini so'z bilan tushuntirib bera olmayman", - dedi "Siti" bosh murabbiyi.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика