So’nggi yangiliklar

01:59ЕЧЛ. Рэшфорднинг дубли "Барселона"га ғалаба келтирди, "Қайрат" ва "Галатасарой" йирик ҳисобда ютқазди  24 01:52ЕЧЛ. "Манчестер Сити" "Наполи"ни ишончли ҳисобда мағлуб қилди, Ҳусанов тўлиқ ўйнади  45 01:15АПЛда бирорта очко йиғмаган клуб бош мураббийи билан шартномани узайтирди  0 00:50Беллингем дербига қадар сафга қайтиши мумкин  1 00:19"Реал"нинг аппеляцияси яна рад қилинди  8 23:47ЕЧЛ. "Монако" Бельгияда "тарсаки еди", "Байер" Данияда дуранг ўйнади  0 23:20Луис Энрике "Аталанта"га қарши ўйинни трибунадан кузатгани сабабини айтди  0 22:37Жозе Моуринью: "Фенербаҳче"да ишлаб хато қилдим, у ер менинг даражам эмасди"  18 22:22Бернарду Силва: "Доннарумма менга Куртуани эслатади"  0 21:55Марказлашган VAR тизими Ўзбекистонда илк бор масофадан туриб синовдан ўтказилди  6 21:39Ўзбекистон U-16 ўртоқлик ўйинида Черногорияни мағлуб қилди  4 21:23Сантьяго Канисарес ЕЧЛ фаворитларини санади  3 20:59Жозе Моуринью: "Бунгача мен ишлаган бирорта гигант клубдан бунчалик иштиёқ олмаганман"  5 20:25Суперлига. "Сурхон" ўз майдонида "Машъал"ни мағлуб эта олмади  6 20:08Расман: Жозе Моуринью - "Бенфика" бош мураббийи!  4

Gregg Berxalter: "O'zbekistonga qarshi uchrashuv kamchilik va yutuqlarimizni o'rganish vositasi bo'lib xizmat qiladi" Yangiliklar

Gregg Berxalter: "O'zbekistonga qarshi uchrashuv kamchilik va yutuqlarimizni o'rganish vositasi bo'lib xizmat qiladi"

AQSH - O'zbekiston (3:0) o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Gregg Berxalter o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"O'zbekistonga qarshi uchrashuv kamchilik va yutuqlarimizni o'rganish vositasi bo'lib xizmat qiladi. Biz o'yinimizni yaxshilashga harakat qilamiz va yaxshilashimiz shart. Bunga erishamiz. Bellashuvning so'nggi 10 daqiqasidagi o'yin uslubimiz menga manzur bo'ldi. Guvohi bo'lganingizdek, yigitlar oldinga borish istagidan to'xtamadi. SHogirdlarim 1:0 hisobini saqlab qolish istagida harakat qilmasdan, o'yinga shiddat qo'sha olishdi. 

Raqib mudofaasida beshlik harakat qildi, uni yorib o'tish esa murakkab. Yana bir narsa takidlamoqchiman, to'pni yo'qotgach, himoyaga qaytish ustida jiddiy ishlashimiz lozim. 

Menimcha, boshlanishi uchun yaxshi. Boshqa mintaqa jamoalari bilan xalqaro raqobat shu kabi bahslarda aks etadi", - dedi amerikaliklar ustozi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика