Gorecka: "Bavariya"ni tark etish niyatim yo'q"
24 iyu 2023 14:40
Yangiliklar
Gorecka: "Bavariya"ni tark etish niyatim yo'q"
"Bavariya" yarim himoyachisi Leon Gorecka nemis jamoasidagi kelajagi haqida to'xtaldi.
"Bavariya"ni tark etish niyatim yo'q. Men bu klubni yaxshi ko'raman, Myunxenni va muxlislarimizni yaxshi ko'raman", – dedi Gorecka.
Avvalroq futbolchi "Manchester Yunayted"ga o'tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.
28 yoshli Gorecka 2018 yildan beri "Bavariya" safida to'p tepadi. Germaniyalik futbolchining shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi. Transfermarkt portali futbolchining narxini 45 mln evroga baholamoqda.
Gorecka 2022/23 yilgi mavsum 40 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...
Fikrlar