So’nggi yangiliklar

20:40"Аугсбург" — "Бавария". Таркиблар маълум  0 20:25"Вестерло" — "Антверпен". Таркиблар маълум  0 19:57"Барса" 17 ёшли озарбайжонлик футболчи билан шартнома имзолади  1 19:28"Алавес" — "Атлетико". Таркиблар маълум  0 19:25Ўзбекистон — Ўмон 0:1 (Матнли трансляция)  181 19:03АПЛ. "Челси" Лондон дербисида ишончли ғалабага эришди  11 18:57"CAFA Nations Cup-2025". Қирғиз Республикаси ва Туркманистон ўзаро дуранг ўйнади  28 18:23"Тоттенхэм" — "Борнмут" ва МЮ — "Бёрнли" ўйинлари учун таркиблар маълум  5 18:19"Ал Наср" — "Ал Батаэҳ". Ғаниев Лига кубоги учун ўйинда асосий таркибда  2 17:52"Ньюкасл" 85+5 млн евро эвазига ҳужумчи харид қилди?!  11 16:53EЧЛ умумий босқичи тақвими: ўйинлар 16 сентябрдан 28 январгача бўлиб ўтади. "Реал" "Атлетико" билан дербидан 2 кун ўтиб, 30 сентябрь куни "Қайрат" меҳмони бўлади  10 15:2240 ёшли Роналду Португалия терма жамоасига чақирилди. Бруно, Феликс, Витинья, Далот ҳам рўйхатда  2 14:48Катта футболга йўл очувчи мусобақа — УЕФА Ёшлар Лигаси: "Қайрат" илк бор ЕЧЛда қатнашади  3 14:41Расман: Нкунку "Челси"дан "Милан"га ўтди  2 14:12"Байер" 30 миллион евролик трансферни амалга оширмоқда  0

Gollandiya. 8-tur yakunlari. PSVni to'xtatib bo'lmayapti, "Ayaks"dan 5:0 Yangiliklar

Gollandiya. 8-tur yakunlari. PSVni to'xtatib bo'lmayapti, "Ayaks"dan 5:0

Gollandiya chempionatining 8-turidan o'rin olgan barcha o'yinlar bo'lib o'tdi.

championat.asia ushbu tur yakunlarini taqdim etadi.

Ushbu turda chempionat peshqadami PSV o'z uyida VVV VENLO klubini qabul qildi. Mark van Bommel boshchiligidagi Eyndxoven klubi dastlabki 7ta turda 100 foizli natija qayd etgandi. Bu turda ham jamoa raqibi ustidan 4:0 hisobida g'alabaga erishib g'alabali yurishini davom ettirdi. Mazkur bahsda meksikalik Irving Losano (quyida rasmda) o'z hisobiga ikkita gol yozib qo'ydi.



Evropa chempionlar ligasida safarda "Bavariya" bilan durang o'ynab qaytgan "Ayaks" esa milliy chempionatda bu tur "AZ Aklmaar" bilan kuch sinashdi. Amsterdam klubi o'z uyida raqibi darvozasiga javobsiz beshta gol urishga erishdi - 5:0.

Jovanni van Bronxorst boshchilik qilayotgan "Feyenoord" klubi ushbu turda qimmatli ikki ochkoni yo'qotdi. "Villem II" mehmoni bo'lgan rotterdamliklar 1:1 hisobida durang o'ynashdi. Uchrashuvning 85-daqiqasiga kelib "Feyenoord" 1:0 hisobida oldinda edi, biroq shu daqiqada maydon egalari to'p kiritib mag'lubiyatdan qutulib qolishdi.

Rossiyalik mutaxassis Leonid Sluckiy murabbiylik qilayotgan "Vitess" o'z maydonida "Xerakles"ni 4:0 hisobida tor-mor etdi. Hisob 5:0 bo'lishi ham mumkin edi, ammo so'nggi daqiqada "Vitess" vakili Byuttner penaltini noaniq amalga oshirdi. Ushbu uchrashuvda jazoirlik Ussama Darfalu (quyida rasmda) dublga erishdi.



GOLLANDIYA CHEMPIONATI. MUSOBAQA JADVALI



GOLLANDIYA. 8-TUR NATIJALARI


5 oktyabr
UTREXT - NAK BREDA 2:1
Gollar:
Gustafson, 45+5 - penalti (1:0). Gustafson, 49 (2:0). Rosxevel, 65 (2:1).

6 oktyabr
ADO DEN XAAG - GRONINGEN 1:0
Gol: 
Xoy, 32 (1:0).

ZVOLLE - EKSELSIOR 2:0
Gollar:
  van Dyoynen, 23 (1:0). Lam, 55 (2:0).

PSV - VVV VENLO 4:0
Gollar:
Losano, 34 (1:0). de Yong, 64 (2:0). Guterres, 87 (3:0). Losano, 90+1 - penalti (4:0).

DE GRAFSXAP - XERENVEN 0:5
Gollar: 
Lammers, 25 (0:1). Lammers, 28 (0:2). Vlap, 36 (0:3). Vlap, 40 (0:4). Xornkamp, 88 (0:5).


"Vitess" bosh murabbiyi Leonid Sluckiy


7 oktyabr
EMMEN - FORTUNA 3:3
Gollar:
Dammers, 37 - avtogol (1:0). Arias, 65 (2:0). Semedu, 70 (2:1). Bannink, 73 (3:1). Stokkers, 80 (3:2). Rodriges, 90+1 (3:3).

VILLEM II - FEYENOORD 1:1
Gollar: 
Bergeys, 72 - penalti (0:1). Sol, 85 (1:1).

VITESS - XERAKLES 4:0
Gollar: 
For, 11 (1:0). Darfalu, 42 (2:0). Darfalu, 66 (3:0). Byuttner, 73 - penalti (4:0).
Amalga oshirilmagan penalti: Byuttner, 90+3 (noaniq).

AYAKS - AZ ALKMAAR 5:0
Gollar:
van de Beek, 3 (1:0). Dolberg, 48 (2:0). van Reyn, 53 - avtogol (3:0). Ziyex, 61 (4:0). Tadich, 84 (5:0).



TO'PURARLAR POYGASI


8    
Kristofer Peterson (Xerakles)

7    
Fransisko Sol (Villem II)
Abdenasser El-Xayati (ADO Den Xaag)
Irving Losano (PSV)

6    
Robin van Persi (Feyenoord)
Lyuk de Yong (PSV)
Klaas-Yan Xuntelar (Ayaks)


"Feyenoord" to'purari Robin van Persi


GOLLANDIYA CHEMPIONATI. 9-TUR JUFTLIKLARI

20 oktyabr
PSV - EMMEN
UTREXT - AZ ALKMAAR
XERENVEN - AYAKS
EKSELSIOR - VITESS

21 oktyabr
VVV VENLO - ADO DEN XAAG
XERAKLES - GRONINGEN
NAK BREDA - VILLEM II
FEYENOORD - ZVOLLE
FORTUNA - DE GRAFSXAP

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика