So’nggi yangiliklar

20:50Ёмғирли ГАЛЕРЕЯ  1 20:41Бир йил футбол ўйнамаган Неймар ОЧЛ баҳсида майдонга тушиши мумкин  0 20:38Оллоберган Каримов: "Орзуларимдан бири амалга ошди. Аргентина билан муносиб ўйнадик"  0 20:20Англия футбол ассоциацияси Гвардиола билан боғланди, мураббий тез орада қарор қабул қилади  0 18:51Жамшид Искандеров: "Йигитлар эртанги ўйинга 100 фоиз тайёр!"  8 18:39Аббос Файзуллаев - ЦСКАнинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси  5 18:22ЎФА ходими: Файзуллаев эртанги ўйинга тайёр   9 17:43Роналду "Барселона" футболчиси билан ҳазиллашди  6 17:25"Барселона" раҳбарияти Хавидан iPhone ва iPad'ларни қайтаришни сўрамоқда  13 17:01Испаниянинг мағлубиятсиз серияси нечта ўйинга етди?   2 16:45Аббосбек Файзуллаев эртага майдонга туша оладими?!  20 16:41Тошкентга келган БАА ҳужумчиси охирги уч ўйинда дарвозага умуман аниқ зарба бермади  13 16:36"Арсенал"ни стандартлар бўйича Европанинг энг кучли жамоасига айлантирган мураббий  1 16:20"Барселона" "Арсенал"дан текинга футболчи олмоқчи  0 16:01Симеоне январда кетмоқчи эмас  0

"Golden Boy" bo'lajak futbol gigantlariga beriladi. So'nggi yillarda tanlovlardan faqatgina bittasi o'zini oqlamadi Yangiliklar

"Golden Boy" bo'lajak futbol gigantlariga beriladi. So'nggi yillarda tanlovlardan faqatgina bittasi o'zini oqlamadi

Futboldagi asosiy individual mukofotlar uchtaga bo'linadi – "Oltin to'p", Lev Yashin mukofoti va "Golden boy" sovrini.

Ko'p hollarda "Golden Boy" mukofoti egalari yuqori darajagacha chiqishmoqda. Bu safar "Barselona" yarim himoyachisi Gavi ushbu "oltin"ga munosib deb topildi. Ushbu mukofotning so'nggi sovrindorlari haqida gaplashamiz.


Gavi, "Barselona" (2022)


"Barsa" DNKning asosini tashkil etuvchi o'yinchilar – Gavi, Pedri va Ansu Fati. 18 yoshli xavbek hozirdanoq "ko'k-anorranglilar"ning yuz foizlik asosiy tarkib o'yinchisi hisoblanadi. U eng avvalo ishonchli – to'p yo'qotilgan taqdirda uni tezda qaytarishi mumkin, bunda qatiyatlilik va to'g'ri joy tanlash yordam beradi. Ispan hujum paytida oldinroqqa o'tadi, tayanch zonasidagi yuklama esa Pedri va Busketsga tushadi. Gavi zarbadan oldingi pasni beradi va to'p o'tishi qiyin bo'lgan so'nggi uchinchi hududda yordam beradi. Ammo, ularning roli o'zgaruvchan, Pedri ham bazida hujumga yaqin joyga yoki qanotga o'tadi.



Pedri, "Barselona" (2021)


Ro'yxatda kataloniyaliklardan ikkinchi (va ketma-ket) o'yinchi. Bu "Barsa"ning sifat (Pedri "Las-Palmas" tarbiyalanuvchisi bo'lsa ham) belgisidan dalolat berib turibdi. Alohida o'yinlarda uning "ko'k-anorranglilar" o'yiniga tasiri Gavidan ham ko'proq bilinadi.

Asosiysi – Gavi faqatgina markaz bilan kifoyalanmagan. Agar u Gavi va Buskets bilan uchlikda chiqsa, Serxioga yordam berish uchun tez-tez tayanchga qaytadi. Ammo, u butun maydon bo'yicha ham harakatlanishi mumkin – u Dembele oldinga o'tgan taqdirda qanotdan jarima maydonchasiga uzatma yoki Levandovski bilan bir chiziqda (masalan – "Inter"ga qarshi CHL 4-turi) turishi mumkin.



Erling Xoland, "Borussiya Dortmund" (2020)


Norvegiyalik o'zining "Golden Boy"ini Angliya Premer-ligasini zabt etishidan ancha oldin olgandi. U "Zalcburg"dagi ajoyib mavsumdan so'ng "Borussiya"da 15ta o'yinda 13ta gol urishga erishdi.

SHundan so'ng natijalar faqatgina yaxshilandi, Erling Xosep Gvardiola tizimida to'laqonli ochildi – uning gavdasi kurashlarga boy Angliya chempionatiga mos tushadi, nozik fikrlash esa "shaharliklar"ga o'yinni o'qishga yordam beradi. Xoland hozirda De Bryuyne, Gyundogan, Foden va Silva bilan ajoyib til topishmoqda.



Joau Feliks, "Benfika"/"Atletiko" (2019)


So'nggi yillarda mutaxassislarning yagona bo'shroq tanlovi. Portugaliyalik 18 yoshida "Benfika"ning asosiy tarkibida debyut qildi va birdan "burgutlar"ning uchinchi to'purariga aylandi (15ta gol). Mavsum yakunida unga Grizmann "Barselona"ga ketganidan so'ng "Atletiko" etiborini qaratdi. "Matraschilar"ga o'rinbosar kerak edi va Joau uchun 127,2 mln evro sarflandi. Portugaliyadagi ajoyib mavsum va top-klubga o'tish – "Golden Boy"ga egalik qilish uchun mos o'yinchi.

Boshidan barchasi qiyin boshlandi (Simeoneda boshqachasi bo'lishi mumkin emas). Birinchi mavsum adaptaciyaga sarflandi, keyingi ikki chempionatda esa 12tadan ochko. Simeone tizimi gollarga boy emas, hatto shu raqamlar ham "Atletiko"da ancha yaxshi ko'rinmoqda. Ammo, ular aniq tovon puli sifatida to'langan pullarni oqlamaydi.



Matteys de Ligt, "Ayaks" (2018)


Leonardo Bonuchchi va Jorjo Kellinining o'rinbosari Turinga ketish oldidan "Ayaks"ning etakchisiga aylandi va CHempionlar Ligasida shov-shuv ko'tardi. Niderlandiyalik o'z mukofotini Erik ten Xag shogirdlari pley-offda "Real" va "Yuventus"ga yutganiga qadar olgan edi.

"Yuventus" o'yinchi uchun Niderlandiya grandiga 85,5 million evro sarfladi. Matteysning o'yinlari boshida muvaffaqiyatli chiqmadi, ammo yakunda de Ligt asosiy tarkibning mustahkam o'yinchisiga aylandi.

Ammo, "keksa sinora" safida uzoq qolish – o'zini sovrinlardan judo qilishdek gap. "Byankoneri" hozirda aniq skudetto uchun kurashadigan holatda emas. Markaziy himoyachi yozda "Bavariya"ga o'tdi – bu faoliyatidagi yuqorilash desa bo'ladi. Endilikda faqatgina asosiy tarkibdan mustahkam joy olish qoldi.



Kilian Mbappe, PSJ (2017)


Francuzni Xoland bilan o'z avlodining eng asosiy iqtidorlaridan deyish mumkin. 18 yoshli futbolchi uchun PSJ 180 million evro miqdorida pul to'ladi.

Francuz "Golden Boy"ni olgan yili Liga 1da 13ta gol va 9ta assist qayd etdi. Mbappe o'tgan yili 35ta o'yinda 28ta gol va 17ta assist qayd etdi. Ammo, u evrokuboklarda faqatgina bitta finalda ishtirok etgan va unda ham mag'lubiyat. Mbappe hatto o'tgan yozda evrokuboklar bilan muammosi yo'q bo'lgan "Real"ga ham o'tishi mumkin edi – ammo, hujumchi PSJda qolishga qaror qildi.





Alisher Ostonov tarjimasi

Muallif : Alisher
Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика