So’nggi yangiliklar

07:36EЧЛ турнир жадвали. «Ливерпул»да юз фоизли натижа. «Реал» 24-ўринда  1 03:42Небойша Йовович: "Насаф" бугун креативлик ва бўшлиқ яратишда оқсади. Биз эса интизомни сақлаб қолдик"  1 03:00ЕЧЛ. "Ливерпуль" "Энфилд"да "Реал Мадрид"ни ожиз қолдирди. Мбаппе муҳим паллада пенальтидан гол ура олмади  165 02:55ЕЧЛ. "Ювентус" ва "Астон Вилла" дуранг ўйнашди. "Боруссия Д"да йирик ғалаба ва бошқа натижалар  8 02:14Руд ван Нистелрой шу ҳафтанинг ўзида АПЛ клубида иш бошлайди!  0 00:50ОЧЛ-2. "Насаф" ўз уйида Қувайт клубига мағлуб бўлди, Комилов иккинчи голда қўпол хатога йўл қўйди  4 00:03"Бавария" Носир Ал Ҳелайфидан узр сўради  1 23:30ОЧЛ 2. "Шабаб Ал Аҳли" 0:2 ҳисобида орта бора туриб, якунда супер камбэк қайд этди. "Насаф" расман гуруҳда қолиб кетди  13 22:59Жамшид Искандеров "Навбаҳор"ни тарк этди(ми?)  15 22:37Рўзиқул Бердиев: "Мавсумнинг қайсидир қисмида 12 та мағлубиятсиз серия қайд этаётгандик, ҳозир эса кетма-кет тўртта мағлубият. Жуда ҳунук ҳолат"  79 21:51Тони Кроос "Golden boy" тақдимотида йил ўйинчиси мукофотига лойиқ кўрилди  4 21:2517 ёшли Ламин Ямаль "Golden Boy" совринини қўлга киритди!  10 21:04ОЧЛ-2. "Насаф" чемпионликдан кейинги 4-ўйинида ҳам мағлуб бўлди  317 20:40Расман: "Интер Майами" Луис Суарес билан янги шартномани узайтирди  2 19:54Санья Мбаппе ҳақида: "Роналду "Реал"даги фаолиятини яхши бошламаган, Бенземанинг трансферини хато, Бекхэмникини эса омадсизлик деб аташган. Улар клуб афсоналарига айланишди"  8

“G'ildirak” mas, akkumulyator muhimroq Yangiliklar

“G'ildirak” mas, akkumulyator muhimroq

Madridning “Real” klubi Neymarni qo'lga kiritish yo'lida Toni Kroosni qo'yib yuborsa, janob prezident yana bir “imtihondan yiqilganlari” shu bo'ladi.

Moliyaviy feyr-pley xattoki manaman degan «boyvochcha» klublarni ham “joyiga o'tqazib” qo'ymoqda.

Ha, tinib-tinchimagan odamlar, bu ishda ham o'z niyatlariga etish yo'llarini topishmoqda (yozda PSJ Kilian Mbappeni “ijaraga” olganini eslash kifoya menimcha), ammo baribir, feyr-pley o'z tasirini o'tkazmoqda. Bundan kelib chiqadiki, nimagadir erishish uchun, nimadandir voz kechish zarur. Bizning vaziyatda: kimnidir sotib olmoqchimisan, kimnidir sotishingga to'g'ri keladi. Ammo afsuski, sotilayotgan(lar) bazan  keraksiz bo'lmasa(lar) ham, ammo vaziyat boshqa tanlov qoldirmayapti.

Kuni-kecha Neymar ishqida yonayotgan Florentino Peres (uni Madridning «Real» jamoasi prezidenti ekanini eslatish shart emas menimcha), maqsadi yo'lida yarim himoyachi Toni Kroosni “qurbon qilishi” haqida xabarlar paydo bo'ldi.

Niyatiga etish uchun jamoa kamida Garet Beylni sotishi zarur, xattoki Krishtianu Ronaldo jamoani tark etsa ham “shokka” tushib qolmang. Axir uni Florentino Peres deydilar. 

Ammo “qaymoqranglilar” braziliyalikni qo'lga kiritish yo'lida Toni Kroosni qo'yib yuborishsa, janob prezident yana bir “imtihondan yiqilganlari” shu bo'ladi.

Yodingizda bo'lsa, bir necha yil avval u Makelelening qadriga etmagan va yarim himoyachini “CHelsi”ga sotib yuborgandi. Hozir, yana o'sha xatoni takrorlamoqchi ko'rinadi Peres. 

Neymarni sotib olish uchun Kroosdan voz kechish, bu xuddi, ko'zni qamashtiradigan qandil uchun uyingiz polini ko'chirib tashlash degandek gap. Unchalik aqlli qaror emasdek, xattoki jamoada Tonidan boshqa markaziy yarim himoya vakillari etarli bo'lsa ham.

Jamoa o'yinini tashkillashtiruvchi futbolchini qanday aniqlash mumkin? Menimcha, sizga bu gaplar tanish va beixtiyor bir nechta futbolchi xayolingizga keldi. Yani siz gap kim haqida ketayotgani va u shunchaki maydonda himoyachi, yarim himoyachi yoki hujumchi emasligini tushunib ulgurdingiz. O'zimiz uchun tushundik ham deylik, ammo o'sha muhim futbolchini amalda qanday aniqlaymiz, qaysi jihatlari, balki xizmatlari uchun unga bu “yashirin nom” beriladi? U maydonda sheriklariga nisbatan ko'proq to'p bilan muomalada bo'ladi, ko'proq pas etkazib beradi, jamoaning o'yin tempi, qaysi vaqtda tezkor hujumga o'tish kerakligi, qaysi vaziyatda esa to'pni ushlab turish kerakligini aynan u hal qiladi.

Keling, zamonaviy futbolda ko'zga ko'ringan shu toifa futbolchilarini sanab o'tamiz va ularning ko'rsatkichlarini qisman solishtiramiz.

“Real” vakili. Toni Kroos
Har bir o'yindagi o'rtacha ko'rsatkich
: 76.4 pas. Aniqlik: 92%

Germaniyalik charm to'p ustasi “Real”ning boshqa istalgan vakilidan ko'ra ko'proq to'p bilan muomalada bo'ladi va bu uni Zidan jamoasining o'ta muhim vakiliga aylantiradi. Ha, siz darhol qarshi chiqib, “qaymoqranglilar”da bunaqasi boooor va u Kroos emas, Luka Modrich deyotgandirsiz. Ammo hech kimga “simpatiya”si bo'lmaydigan statistika shuni ko'rsatmoqdaki bu vazifa Kroos zimmasiga yuklatilgan. Tonida o'yin davomidagi o'rtacha ko'rsatkich - 76.4 pas bo'lsa, Xorvatiyada 2017 yilning eng yaxshi futbolchisi nomiga sazovor bo'lgan va mamlakat termasi sardori hisoblangan Modrichda ushbu ko'rsatkich - 65.2 pas.


“Barselona” vakili. Serxio Buskets
Har bir o'yindagi o'rtacha ko'rsatkich: 76.6 pas. Aniqlik: 91.5%

“Barselona”da bu ampluada aynan Serxio Busketsni ko'rish, hech kimni xayron qoldirmagan bo'lsa kerak. Ammo takidlab o'tish lozim, “tiki-taki” davrida bu rolni – Xavi, keyinroq Inesta bajarardi. Tabiiyki, ko'rsatkichlar ham bir oz boshqacharoq edi. Lekin hozir Buskets deyarli Kroos bilan bir xil statistikaga ega. Sababi “Barselona” endi “tiki-taka” o'ynamayapti va el qatori zamonaviy, hujumkor futbol o'ynamoqda.


“Manchester Siti” vakili. Fernandino
Har bir o'yindagi o'rtacha ko'rsatkich: 85.9 pas. Aniqlik: 90.4%

Ispaniya grandlaridan so'ng. Gvardiolaning “Manchester Siti”siga o'tish albatta qiziqarli. Aslida Fernandino markazda David Silva bilan hamkorlikda ushbu vazifani bajarishmoqda. SHunchaki ispaniyalik futbolchi raqib darvozasiga yaqinroq harakat qilishga harakat qilmoqda va har bir uchrashuvda o'rtacha 84 bor aniq pas oshirmoqda. Braziliyalik xavbekning ko'rsatkichlari ajoyib, ammo Gvardiola jamoasi vakili uchun emas. O'sha Kroos yoki Buskets bu ko'rsatkichni 93-94% ga etkaza olishardi chamamda va shundoq ham “daxshat” ketayotgan “Manchester Siti”ni yanada kuchliroq qila olishardi.


“Manchester Yunayted” vakili. Nemanya Matich
Har bir o'yindagi o'rtacha ko'rsatkich: 70.8 pas. Aniqlik: 86.5%

“Qizil iblislar” safida bu nomga birdaniga ikki futbolchi talabgor bo'la oladi. Matichdan tashqari, jamoada Pogba borligini ham unutmaylik. Ammo Mour jamoa to'pni ko'proq orqaroqda, balki murabbiy shunisi tinch deyotgandir, ushlab turishni maqul ko'ryapti. SHu sababli francuz hozircha bu nominaciyadan chetda qolib ketmoqda. Ammo endi MYU futbolchisi ko'rsatkichlarini yuqoridagi hamkasblariniki bilan solishtirib ko'ring... Paslar soni ham, aniqlik ham oqsamoqda. Manchesterning qizil qismi bu borada ham “osmon ranglilarga” imkoniyatni boy bermoqda.


“CHelsi” vakili. Sesk Fabregas
Har bir o'yindagi o'rtacha ko'rsatkich
: 68.8 pas. Aniqlik: 82.8%

To'pni o'ngdan chapga, chapdan o'ngga va keyin orqaga etkazib, raqib “asabini o'ynash”ni “CHelsi” ijrosida ko'rmaymiz. Antonio Konte tezlikni xush ko'radi, yarim himoya vakili Sesk Fabregas esa to'pni iloji boricha tezroq hujum chizig'iga etkazib berishi shart, buning ortidan ispaniyalikning statistik ko'rsatkichlari jabr ko'rmoqda. “Barselona” tarbiyalanuvchisi tabiiyki to'p bilan ko'proq muomalada bo'lib, xotirjam hujumga o'tishni yoqtiradi, ammo nima ham qila olardi, jamoa o'yin uslubi va murabbiy buning aksini talab qilmoqda. Moslashishdan boshqa yo'l yo'q.


“Liverpul” vakili. Jordan Xenderson
Har bir o'yinda o'rtacha ko'rsatkich
: 73.7 pas. Aniqlik: 83.2%
Fabregas kabi, “Liverpul” sardori Xenderson ham tezkorligi bilan nom chiqarmagan. Uning uslubi, ustun tomoni boshqa. Ammo ispaniyalik hamkasbi kabi, Angliya termasi yarim himoyachisi ham tezkor jamoadoshlariga o'zi eta olmasada, to'pni aniq etkazib berishi zarur. Gollarni asosan boshqalar urib, birinchi planda boshqa ismlar bo'lgani bilan “Liverpul” uchun Jordanning qanchalik qadrli ekanligini so'z bilan tushuntirish mushkul vazifa. Sababi, klub Koutinoni sotib yuborsa hech nima bo'lmaydi, sababi “qizillar” o'tgan yili bo'lmagan Salaxni qo'lga kiritib bo'ldilar. Bittasi ketsa, boshqasi keladida. Ammo markazda Xendersondakasini topish Kloppga yaxshigina “bosh og'riq” bo'lishi aniq.


“Tottenxem” vakili. Kristian Eriksen
Har bir o'yinda o'rtacha ko'rsatkich: 54.8 pas. Aniqlik: 80.8%

“Tottenxem”da aksariyat vaziyatlarda to'pga himoyachilar egalik qilishadi. Qiziq holat-a?! Vertongen, Alderveyreld va Dayerga mashg'ulotlarda to'p tegmaydimi nima, o'yin payti shu uch og'a-ini botirlar, to'pni oldirib qo'ysak, ortda faqatgina Ugo Loris bor va boshqa hech kim-ku, deb o'tirmaydi. Londonning bu klubida hujumlarni aynan himoyachilar boshlaydi. Bu Pochchetinoning kashfiyoti emasku, ammo top chempionatlarning top jamoalarida bu kabi holat kamdan-kam kuzatiladi. Nima bo'lganda ham, himoyachilarni o'yin tashkillashtiruvchisi, o'yin quruvchisi deb bo'lmaydi. “SHporlar”da bu vazifa daniyalik Eriksenga nasib qilgan. Kristian odatda raqib jarima maydoniga yaqin chiziqda to'pni qabul qiladi va hujum keskin ko'rinish olishini taminlaydi. Natijani esa o'zingiz ham ko'rdingiz. CHempionlar Ligasi guruh bosqichida jamoa Dortmundning “Borussiya”sini (3-o'rin) va “Real Madrid”ni (2-o'rin) ortda qoldirishga muvaffaq bo'ldi.  


“Arsenal” vakili. Granit Jaka
Har bir o'yinda o'rtacha ko'rsatkich:
83 pas. Aniqlik: 85%

“Arsenal”da markazda to'p bilan muomala qilish borasida yaqqol etakchini ko'rish mumkin. Jaka etarlicha imkoniyatga ega bo'lmoqda, ammo aniqlik hozircha unga pand berib qo'ymoqda. SHu sababli ham “Arsenal”ga o'yin sifati borasida etiroz bildirishsa, jamoa muxlisi bo'lsangiz ham, qarshi chiqishga shoshilmang.


“Bavariya” vakili. Tiago Alkantara
Har bir o'yinda o'rtacha ko'rsatkich: 64.7 pas. Aniqlik: 90.7%.

Yupp Xaynkes jamoadagilarga o'z kuchiga bo'lgan ishonchni qaytarib berdi. Myunxenda kimsan Gvardiola ishladi, “tiki-taka”ni nemislar tushunmadi, Anchelotti markazda bir nimalar qilmoqchi bo'ldiyu, uni ham qadriga etishmadi. Mo'ysafid Yupp esa ortiqcha narsa o'ylab topib o'tirmaydi, mustahkam himoya va samarali hujum bo'lsa bas. Bazan “Bavariya” va “Tottenxem” o'yinida o'xshashliklar ko'zga yaqqol tashalanadi. Har ikki klubda ham o'ta faol himoya chizig'i vakillari bor. Ammo farqli tomoni shundaki, germaniyaliklar vakili Tiago to'pni APLdagi Eriksenga nisbatan orqaroqda qabul qilib oladi. Alkantara markazni butunlay o'z bo'yniga olgan chog'i, bazan uni tayan yarim himoyachi zonasida ko'rsak, bazan forvard ortidagi hujumkor yarim himoyachi rolida ko'ramiz. Aniqlik borasida ham Tiago La Liga vakillariga ancha yaqin.  


PSJ vakili. Marko Verratti
Har bir o'yinda o'rtacha ko'rsatkich: 97 pas. Aniqlik: 91%

Ha, ha. Raqamlarda xatolik o'tib ketgani yo'q. Marko Verratti chindan ham shunday ko'rsatkichlarga ega. Ana endi tushunyapsizmi, nega har yoz va bazan qishda “Real”, “Barselona” va ingliz grandlari italiyalik futbolchi “oviga” chiqishlarini. PSJ Veratti ko'rinishida deyarli istalgan vaziyatdan aniq pas bera oladigan futbolchiga ega bo'ldi. Mayli, Franciya chempionati darajasini hisobga olaylik, ammo CHempionlar Ligasida Markoning natijalari bundan ham yaxshiroqligiga nima deysiz? Emerining PSJda qilgan bitta foydali ishi bu Italiya termasi futbolchisiga etarlicha erkinlik bergani va u ishonchni oqlagani bo'ldi. Ammo buni bir yomon tomoni ham borligini unutmaslik zarur. Francuz klubi raqib jamoa murabbiylari “Championat.asia”ga kirsayu, ushbu maqolani o'qib qolsa va Verattini zararsizlantira olsa, unda nima bo'ladi?  CHempionlar Ligasi pley-offida PSJ – “Real” to'qnashuvidan so'ng, Zidan yoki uning yordamchilari saytimizni kuzatib boradimi yoki yo'q bilib olamiz.

Neymar ajoyib futbolchi, yuksak iqtidor sohibi. Buni u allaqachon isbotlab bo'ldi, ammo...

Ko'rib turganingizdek, bazan o'yin davomida ko'zga tashlanmaydiganlar ham katta ko'lamdagi ishni bajarib qo'yishadi. Aynan ular tizimning muhim bo'lagi hisoblanadi.

Toni Kroosni olib tashlash, o'sha tizimning bir detalini otib, sotib yuborish degani.  Mashinangiz “fara”lari qanchalik chiroyli bo'lmasin, qanchalik qimmat “diska”lar qo'ymang, akkumulyator ulardan muhim bo'lib qolaveradi! 

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика