So’nggi yangiliklar

16:40АПЛда август ойининг энг яхши мураббийи аниқланди  0 16:08Ўзбекистон қизиқиш билдирган мураббийга энди Чехия ҳам даъвогар  5 15:48АПЛда август ойининг энг яхши футболчиси маълум  1 15:30"Машъал" ўз уйида меҳмон бўлган "Шўртан"ни ютган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:09"Монако" бош мураббийи Погба қачон майдонга тушишга тайёр бўлишини айтди  1 14:40"Ювентус" ҳужум чизиғини нигериялик тўпурар билан кучайтирмоқчи  0 14:11"Бургос" билан музокаралардан қочган Очоа Кипр жамоасига ўтди  0 13:42Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди  1 13:14"Реал" ёки Аргентина? Мастантуоно олдида қийин танлов  4 12:48Дембеле "Олтин тўп"нинг муқобилини қўлга киритди  3 12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  4 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  1 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  5 10:44"Сурхон" Наманганда нечта ғалабага эришганини биласизми?   7

Gess zaxira o'rindig'ida o'tirmayapti. Nega? Yangiliklar

Gess zaxira o'rindig'ida o'tirmayapti. Nega?

Xabaringiz bo'lsa kerak, yaqinda “Andijon”ni Edgar Gess qabul qilib oldi.
Aniqrog'i, 20-turdan so'ng “burgutlar” murabbiylar shtabida sezilarli o'zgarishlar yuz berdi. Bosh murabbiylikka taniqli mutaxassis Edgar Gess olib kelindi. Unga Oleg Tyulkin, Vitaliy Legay hamda Server Esetov yordam bermoqda.

“Andijon” navbatdagi yangi murabbiy qo'li ostida 21-turda “Navbahor”ga qarshi birinchi o'yinini o'tkazdi.

Etiborimizni tortgan jihat, mazkur uchrashuvda Gess va darvozabonlar murabbiyi Esetov uchrashuv qaydnomasiga kiritilmadi. Tabiiyki shundan so'ng uchrashuvni zaxira o'rindig'ida o'tirib kuzatmadi. Edgar Yakovlevich shu kuni  jamoa ijrochi direktori SHuhratbek O'rinboev bilan bahsni tribunada, muxlislar qatorida kuzatib bordi. Goh-gohida yordamchilariga o'yin borasida qilinishi kerak bo'lgan o'zgarishlar haqida gapirib turdi. Garchi bosh murabbiy zaxira o'rindig'ida bo'lmasada, futbolchilar hujumkor o'yin namoyish etib, vodiy derbisida 3:1 hisobida g'alaba qozondi.

Uchrashuvdan so'ng o'tkazilgan matbuot anjumaniga ham yordamchi murabbiy Tyulkin kirib, OAV savollariga javob berdi.

Keyingi turni safarda “Nasaf”ga qarshi o'tkazgan “Andijon”ni ushbu bahsga ham yordamchi murabbiylar olib tushdi. Xuddi yuqoridagi kabi xolat. Bizningcha bunga sabab Gess bilan klub o'rtasida rasmiy shartnoma tuzilmagan. CHunki jamoa yangi murabbiy va futbolchi bilan o'zaro bitimga imzo chekib, uni PFLga taqdim etsagina ro'yxatdan o'tkazishga ruhsat beriladi. SHu bois Gess bilan Esetov o'yin qaydnomasiga kiritilmayotgan bo'lishi ham mumkin. Ehtimol klub rahbari yangi murabbiylar bilan “Nasaf” bilan uchrashuvdan keyin rasmiy kelishuvga erishgandir. Yana kim biladi deysiz?

Yodingizda bo'lsa, ikkinchi davra arafasida “Andijon”ga kelib ketgan Sergey SHevchenko bilan ham shunga o'xshash holat kuzatilgandi. Ukrainalik mutaxassis klubga kelib, amalda rasmiy shartnoma tuzmasdan ishni boshlab yuborgan. SHevchenko ham ayrim o'yinlarda zaxira o'rindig'ida o'tirmasdan, chetdan turib kuzatib, yordamchilariga ko'rsatma berish bilan kifoyalangandi.

Gess bilan ham shunday holat takrorlanishi mumkin. Buni vaqt ko'rsatadi.   
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика