Germaniya futbol ittifoqi Nagelsmann bilan shartnomani uzaytirmoqchi
25 mar 2024 14:13
Yangiliklar
Germaniya futbol ittifoqi Nagelsmann bilan shartnomani uzaytirmoqchi
Bernd Noyendorf bu ish tezda amalga oshishiga ishonadi.
Germaniya futbol associaciyasi prezidenti Bernd Noyendorf Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann bilan bitimni uzaytirmoqchi ekanliklarini tasdiqladi.
"Biz o'zaro gaplashib olishimiz kerak va men tezda natijaga erishishimizga ishonaman. Nagelsmann buni Evro-2024 oldidan hal qilmoqchi va biz uning istaklarini hurmat qilamiz", – dedi Noyendorf.
Avvalroq Yulian Nagelsmannga "Nyukasl", "Borussiya D", "Barselona" va boshqa jamoalar tomonidan qiziqish mavjudligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Ньюкасл" "Камп Ноу"да зор йиғлаган кеча ёхуд "Барселона" чорак финалда!
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бу мавсум ҳам "Манчестер Сити"ни мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди
"Пахтакор" Суперкубок ҳакамлиги бўйича ОФКга мурожаат қилмоқчи
Суперлига. "Андижон" ўз майдонида бир киши кам "Машъал"дан устун келди
Fikrlar