"Gengam" prezidenti: Kievning "Dinamo" klubi muxlislari o'zini xuddi quturgan itdek tutishdi"
27 fev 2015 12:43
Yangiliklar
"Gengam" prezidenti: Kievning "Dinamo" klubi muxlislari o'zini xuddi quturgan itdek tutishdi"
"Gengam" prezidenti Bertran Despla Kievning "Dinamo"siga qarshi Evropa ligasi javob uchrashuvida, raqib ishqibozlarining o'zini yomon tutgani haqida fikr bildirdi.
Eslatib o'tamiz, "Dinamo"ning bir necha muxlisi SHovkovskiy darvozasining ortidagi yugurish yo'lakchasiga chiqib olgani uchun o'yin hakam tomonida 80 daqiqada to'xtatildi. Birozdan so'ng, uchrashuv yana davom ettirildi va "Gengam" mehmonda 3:1 hisobida mag'lub bo'ldi.
"Maydonda urishishni xohlagan bir nechta "quturgan itlar"ni ko'rdim. "Gengam"ning 11 nafar futbolchisini qahramon desak bo'ladi, chunki xavfsizlik tashkilotchiligi juda yomon ahvolda, futbolchilarning xavfsizligi taminlanmagan edi.
Ular muxlis emas, jangarilarga o'xshardi. Futbolchilarning diqqati boshqa joyga qaratilganda qanday qilib futbol o'ynash mumkin? Bunday holat faqat Ukrainada bo'lishi mumkin" - deydi "Gengam" prezidenti.
championat.asia
Суперлига. "Андижон" сафарда "Машъал"га ютқазди
Украиналик юлдуз ПСЖда россиялик дарвозабон билан мулоқот қилмаяпти
АПЛ. "Манчестер Юнайтед" илк турда ўз майдонида "Арсенал"га мағлуб бўлди
ОЧЛ-2. "Андижон"нинг гуруҳдаги рақиблари ҳамда мураббий ва футболчиларнинг қуръага муносабати
Fikrlar