So’nggi yangiliklar

17:11Фарҳод Нишонов: "Футболчиларим Мессининг олдида "Мессини ёқиб олишди"  1 17:06Ўзбекистон U-20 терма жамоасининг Аргентинага қарши иккинчи ўйин учун асосий таркиби маълум  0 16:22"Ювентус" "Порту"дан ижарага олинган Консейсау бўйича қарор қабул қилди  0 15:55Эдегор қачон сафга қайтади?  0 15:25"Милан" юлдузи ўзига янги клуб танлади  0 14:58Холанд 2025 йилнинг ёзида испан клубига ўтишга тайёр  1 13:50АҚШ терма жамоаси Почеттино қўл остидаги илк ўйинда ғалаба қозонди  2 13:21Инсайдер Романо Гюлернинг режалари ҳақида гапирди  0 12:48Мухтор Қурбонов: "БАА билан уйда ўйнаётганимизни илк дақиқалардан кўрсатишимиз керак"  1 12:27Ямалнинг жароҳати жиддийми?  4 11:53Подольски 39 ёшида фаолиятини якунлади. Хайрлашув ўйини Кёльнда 50 000 мухлис қаршисида бўлиб ўтди  7 11:20"Ювентус" ёзда Влаховични сотиши мумкин, нега?  0 10:50Баҳром Ҳайдаров: "Биринчи навбатда узоқ кутилган ғалаба билан барчани табриклайман"  0 10:16Ҳарри Магуайр қишда жамоани тарк этaди. МЮ футболчига нарх қўйди  7 09:44Алексей Евстафеев: "Бундай учрашувларда мағлуб бўлиб аламли"  3

Gap maydonda emas, muxlislar va murabbiyda Yangiliklar

Gap maydonda emas, muxlislar va murabbiyda

Teglar :  Navbahor
Kecha Superliganing 19-turidan o'rin olgan "Navbahor" - "Paxtakor" bahsida maydon egalari kichik hisobda g'alaba qozonishdi.

Turning markaziy bahslaridan biri bo'lgani uchun stadionga ko'plab muxlislar tashrif buyurdi. O'yin ham shunga yarasha qiziq kechdi. Uchrashuvni boshqarib borgan bahraynlik hakam Navaf SHukrulla hech bir jamoaga yon bosmasdan, nimani ko'rgan bo'lsa shunga qarab qaror chiqardi.

Xullas hakamga hech bir tomonlama etiroz yo'q. Garchi yutqazgan bo'lsa-da, "Paxtakor"ga ham etiroz yo'q. Jamoa bor kuchi bilan harakat qildi, lekin vaziyatlardan foydalana olmadi. Aslida durangga tortadigan o'yin bo'ldi, biroq omad ko'proq mezbonlar tomonida bo'lib, natijada "Navbahor" o'z maydonida navbatdagi g'alabasini qo'lga kiritdi.

SHunday qilib "lochinlar" o'tgan yildan beri davom etib etib kelayotgan uyda mag'lub bo'lmaslik ananasini yana davom ettirishdi. "Navbahor" o'z uyida so'nggi bor 2016 yilning 27-turida "Qizilqum"ga 0:2 hisobida imkoniyatni boy bergandi. 2017 yil bu jamoa o'z maydonida 15ta o'yin o'tkazib, shundan 10tasida g'alaba qozongan va besh bor durang o'ynagan. To'plar nisbati 24-11.

Bu yil esa "lochinlar" kechagi o'yinni ham qo'shib hisoblaganda 10-bahsda harakat qilib, shundan 8tasida zafar quchishdi va ikki bor durang qayd etishdi. To'plar nisbati 18-2. Demak, "Navbahor"ning o'z maydonidagi mag'lubiyatsiz seriyasi 25ta o'yinga etdi. Xuddi o'tgan yil bo'lgani kabi "Paxtakor" bu gal ham Namanganda gol ura olmay mag'lubiyatga uchradi. Farqi o'tgan mavsum "sherlar" 0:2 hisobida imkoniyatni boy berishgandi.

Endi ikki og'iz Namangandagi maydon haqida. To'g'ri, maydon holati havas qilgudek darajada emas. Lekin bu yutqazib qaytayotgan jamoalar uchun bahona bo'lmasligi kerak. Agar "Navbahor" o'z maydonida 25ta o'yindan beri yutqazmay kelayotgan ekan, buning sababi faqat maydon bilan bog'liqmas. Bu o'rinda avvalo jamoa muxlislari hamda murabbiylar shtabi mehnatini etirof etib o'tish joiz. Namanganlik muxlislar shubhasiz, hozirgi kunda O'zbekiston bo'yicha nomer bir. Bunga hech kimda etiroz bo'lmasa kerak.

Kechagi o'yinda ham stadion to'ldi, qolaversa "Navbahor" safarda o'ynaganida ham muxlislari doim qo'llab kelishyapti. SHuningdek, jamoa murabbiylari ham yaxshi ishlayotganini aytib o'tmasak bo'lmaydi. Faqat bir savol qiziqtiradi: nima uchun "Navbahor" uydagi o'yinini safarda ham ko'rsata olmayapti? Bu jamoa negadir safar o'yinlariga borganda o'zgaradi-qoladi.

Faktlarga to'xtalamiz. "Navbahor" shu mavsum safarda 9ta o'yin o'tkazib, shundan ikkitasida g'alabaga erishdi: AGMK va "Buxoro" ustidan. Aytish mumkinki, ikkala bellashuvda ham namanganliklar chiroyli o'yin namoyish etib berishdi. "Metallurg" va "Nasaf" bilan durang qayd etilgan bo'lsa, "Qo'qon-1912", "So'g'diyona", "Paxtakor", "Lokomotiv" va "Bunyodkor"ga imkoniyatni boy berdi. Jamoaning safar o'yinlaridagi to'plar nisbati 8-12.

Qisqacha tahlil qiladigan bo'lsak, "Navbahor" safarda chempionlik uchun kurashayotgan "Paxtakor", "Lokomotiv" va "Bunyodkor"ga mag'lub bo'ldi. Qolaversa, birgina "Bunyodkor"ga qarshi o'yinni hisobga olmasak, "Paxtakor" va "Loko" bilan kechgan bahslarda jamoa o'yinida shiddat ko'rinmadi. Nega shunaqa? Lekin o'z maydonida o'ynasa "Navbahor"da ishtiyoq ham, g'alabaga bo'lgan intilish ham yaqqol ko'zga tashlanadi. Taqqoslash uchun "Paxtakor" uyda ham, safarda ham bir xil o'ynayapti. Yil boshida "Navbahor"ning oldiga chempionlik maqsadi qo'yilganini hisobga olsak, faqat uydagi o'yinlarni yutishning o'zi kamlik qiladi. CHunki chempion bo'lishni xohlaydigan jamoa safarda ham o'z raqobatchilaridan ochko ola bilishi lozim.

Umuman olganda, Namanganda bo'lib o'tayotgan har o'yindan keyin mehmon jamoa murabbiylarning maydondan nolishiga o'rganib qoldik. Lekin bu aslo bahona bo'lmasligi kerak. 2016 yilgi mavsumda "Navbahor" o'z maydonida 6ta bellashuvda yutqazgandi. Jamoa o'shanda "Lokomotiv" (2:3), "Metallurg" (0:1), "Bunyodkor" (1:3), "Paxtakor" (1:5), "Buxoro" (1:2), "Qizilqum" (0:2) klublariga yutqazib qo'ygan. Bundan tashqari, 2015 yil 4 marta ("Mashal", "Bunyodkor", "Paxtakor", "Lokomotiv"), 2014 yil esa ikki bor ("Lokomotiv" va "Paxtakor")ga o'z maydonida imkoniyatni boy bergan. Etibor bersangiz, oldingi yillari "Navbahor" safarda mag'lub etgan jamoalar orasida "Paxtakor" ham bo'lgan.

Reyting: +52   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика