Galte: "7-8 vaziyatdan ikkitagina gol urdik"
12 mar 2023 13:51
Yangiliklar
Galte: "7-8 vaziyatdan ikkitagina gol urdik"
PSJ bosh murabbiyi Kristof Galte "Brest"ga qarshi o'yinga baho berdi.
"Balki "Brest"ga qiyin bo'lgandek ko'rinishi mumkin, chunki biz 7-8 vaziyat yaratib gol ura olmay turganimizda ular bir vaziyatdan urib ketishdi. Dastlabki 30 daqiqalikni zo'r o'tkazdik. ECHLdan chiqib ketganimizdan keyin kuchimizni biroz yig'ib olishimiz kerak edi. Ayni damda Liga 1ni rekord darajada 11-marta yutish biz uchun muhim. SHuningdek, buni bizni qo'llab turgan muxlislarimiz uchun ham amalga oshirishimiz kerak.
Ha, jamoada biroz charchoq alomatlari bor. Biroq futbolchilar har bir vaziyatga yaxshi reakciya ko'rsata olishdi. Hozir har bir g'alaba juda muhim", - dedi PSJ ustozi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади
Fikrlar