So’nggi yangiliklar

01:59"Тоттенхэм" "Манчестер Юнайтед"ни мағлуб қилиб, Европа лигасида ғолиб чиқди! Энди лондонликларда ҳам соврин бор!  93 01:58"Сирдарё ФА" бош мураббийи Аббос Махсталиев: "Мақсадимиз – академия ёшларига имконият бериш"  4 00:44"Локомотив" "Бунёдкор"ни мағлуб қилса ҳам гуруҳда қолиб кетган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 00:37Саудия Арабистони. "Ал Насср" ғалаба қозонди, Роналду 935-голини урди  7 00:32Эндрик жароҳати туфайли Клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатини ўтказиб юборади  1 00:05Илёс Зейтуллаев: "Футболда ғалабадан кўра, мағлубият кўпроқ сабоқ беради"   0 23:35Кейн Бундеслиганинг энг яхши футболчиси деб топилди  2 23:05Григорий Колосовский: "Ғалаба бор, лекин гуруҳ босқичида тўхтадик"  0 22:38Расман: Флик "Барселона" билан шартномасини узайтирди  3 22:09Никола Лазаревич: "Бугунги ўйинда футболчиларимнинг ҳаракатларидан кўнглим тўлди"  1 21:45Баҳром Ҳайдаров: "Ҳар бир жамоага ҳурмат билан қараймиз"  0 21:24Ўзбекистон кубоги плей-офф босқичининг барча иштирокчилари аниқ. Қуръа қачон ўтказилади?  5 20:45Ўзбекистон Кубоги гуруҳ босқичи якунланди. "Олимпик Мобиуз" кейинги босқичга йўлланма олди (бугунги натижалар)  12 20:23"Арсенал" Родриго билан музокараларни бошлади  5 19:48Ўзбекистон Кубоги. "Локомотив" 6 очко тўплаган бўлсада гуруҳда қолиб кетди, "Қўқон-1912" ва "Қизилқум" кейинги босқичда  7

Vitaliy Levchenko: "G'alabaga biz yaqinroq edik. Adhamzoda bu kabi vaziyatlardan har safar foydalanganda, hozir u "Real"da bo'lardi" Yangiliklar

Vitaliy Levchenko: "G'alabaga biz yaqinroq edik. Adhamzoda bu kabi vaziyatlardan har safar foydalanganda, hozir u "Real"da bo'lardi"

Coca Cola Superligasining 13-turidan o'rin olgan "Neftchi" - "Navbahor" uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko matbuot anjumanida qatnashdi.


- O'yin haqida

- Bugun Farg'onada haqiqiy futbol bayrami bo'ldi. O'yinchilarim uyaltirib qo'yishmadi. Tomoshabop, yorqin o'yin bo'ldi. Bayram, derbi o'z nomini oqladi, ammo gol bo'lmadi. 

- Qoldirilgan o'yin sabab ketma-ket ikki marta peshqadamlarga qarshi o'ynashga to'g'ri kelib qolmoqda. Bunga qanday qaraysiz?

- O'ylaymanki, raqibga ham oson bo'lmadi. Keyingi o'yinda ham chempionlik uchun kurashayotgan jamoaga qarshi o'ynaymiz. Ularga ham oson bo'lmaydi. "Nasaf" ham g'alaba uchun maydonga tushadi.

- Umar Adhamzodaning oxirgi daqiqalardagi vaziyati haqida...

- Agar u bu kabi vaziyatlardan har safar gol urganda, hozir "Real Madrid" yoki boshqa jamoada o'ynayotgan bo'lardi. Ha, realizaciya masalasi oqsamoqda. Bunday vaziyatlardan foydalanish futbolchiga bog'liq. Ustida ishlash kerak bo'lgan ishlar bor. Keyingi turlarda futbolchilarimga omad tilayman.

- Birinchi davra deyarli yakunlandi. CHempionlikka davogar jamoalarning imkoniyatlarini qanday baholaysiz?

- Hozir chempionat qiziqarli tus olmoqda. Qaysidir jamoani malum uchrashuvda uch ochko olishini tahmin qilish qiyin. Jamoalar darajasi deyarli teng. Aynan shunisi bilan chempionat qiziqarli bo'lmoqda. Daraja, qarshilik kuchayib bormoqda. Ikkinchi davra qiziqarli bo'lishi aniq. CHempionlik uchun 4 yoki 5 jamoa kurashishi mumkin. Oltin medal uchun kurashadigan jamoalar qanchalik ko'p bo'lsa, daraja ham oshadi. Hamma ham chempionlikka erishmaydi, ammo raqobat yaxshi bo'ladi. Nimanidir tahmin qilish juda qiyin.

- "Neftchi" birinchi davrada barcha kuchli jamoalar bilan uyda o'ynadi. Ikkinchi davrada klubga qiyin bo'lmaydimi?

- Qiyin bo'lishi aniq. Bugun ham ko'rdingiz, qanday bosim bo'lganini. Menimcha, g'alabaga biz yaqinroq edik, lekin mahorat etishmadi. Asosiysi, chempionatda intriga bor. Uydami, safardami taktika va strategiyani to'g'ri tanlash kerak.

-  "Navbahor" bu yil OCHL saralashida ishtirok etadi. Jamoaning o'yinidan kelib chiqib, "Navbahor"ning imkoniyatlarini qanday baholaysiz?

- Bu "Navbahor" qaysi guruhga tushishiga bog'liq. Transfer boziriga qarasangiz, Saudiya Arabistoni klublari aql bovar qilmas transferlarni amalga oshirishmoqda. "Navbahor"ga  Saudiya Arabistoni klublaridan biri raqiblik qilsa, anchagina qiyin bo'ladi. Guruhga teng raqiblar to'plansa, "Navbahor" natija qilishi mumkin. Barcha o'zbek jamoalari guruhdan chiqishlariga umid qilaman.

- Bugun uchrashuvni 19 mingdan ortiq tomoshabin bevosita stadiondan turib tomosha qildi. Farg'onaga futbol bayramini qaytara olgan mutaxassis sifatida muxlislarga qanday tilaklaringiz bor?

- Murabbiy sifatida har bir o'yinda shunaqa muxlislikni ko'rgim keladi. Muxlislarimiz har bir o'yinga shunday keladigan bo'lishsa, shaxsan o'zim baxtli bo'lar edim. CHunki, bu qo'shimcha adrenalin. Murabbiy sifatida menga bu juda yoqimli bo'lardi.

- Bugun Larin himoyada bo'lganda, u o'yinni kuchaytirish mumkinmidi?

- Bizda raqobat bor. 22 futbolchimiz bor. Ularning imkoniyati deyarli teng. Hamma o'yinchilar 90 daqiqadan o'ynashsa, baribir bazi paytlarda ularda tushish bo'ladi. Bundan qochib bo'lmaydi. Biz murabbiy sifatida shuni nazorat qilamiz. Catapult ko'rsatkichlariga ko'ra bugun biz Larinning holatiga 100% ishona olmasdik. O'yinga Anvar tushdi va sifatli futbol ko'rsatdi. Bu raqobat deb ataladi.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика